O‘zbekiston yoshlari terrorga qarshi

© Sputnik / Tatyana MilkovichXIX Vsemirniy festival molodeji i studentov
XIX Vsemirniy festival molodeji i studentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir guruh o‘zbekistonlik yoshlar 6-noyabr kuni #O‘zbOshlariTerrorgaQarshi heshtegini jahon trendiga olib chiqishga qaror qilishdi.

TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Bugun bir guruh yoshlar tashabbusi bilan ijtimoiy tarmoqlarda #O‘zbOshlariTerrorgaQarshi heshtegi ostida internet aksiyasi o‘tkazilmoqda, deb xabar qildi Yoshlar Ittifoqi matbuot xizmati.

Tashabbusning maqsadi — “Yoshlarni yot tahdidlardan himoya qilish, ularda yurt ravnaqiga daxldorlik hissini tarbiyalash, internet tarmog‘ida diniy ekstremizm mafkurasi tarqalishining oldini olish”, — deyilgan xabarda.  

Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati yoshlarni bilimli, vatanparvar, yuksak ma’naviyatli etib tarbiyalash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Politseyskie na meste nayeda gruzovika na velosipedistov v Nyu-Yorke - Sputnik O‘zbekiston
"Soipov ishi" "o‘zbek ishi" emas - Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi

Yosh avlod oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish maqsadida davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan muntazam targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, xabarda oxirgi paytlarda fan va texnika rivojlanishi tufayli, turli yo‘nalish va oqimlarga mansub g‘arazli kuchlar o‘z g‘oyalarini internet orqali targ‘ib etishga harakat qilayotgani bois, O‘zbekistonda yoshlaga o‘g‘il-qizlarda internetdan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishga alohida e’tibor berilayotgani ham alohida aytib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Nyu Yorkda kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Sayfullo Saipov tomonidan amalga oshirilgan mudhish terakt butun dunyoni larzaga solgan edi.

Yangiliklar lentasi
0