Toshkentdagi Gubkin universiteti dekani 23 talaba nega o‘qishdan haydalganiga izoh berdi

Obuna bo‘lish
Dekanning so‘zlariga ko‘ra, endilikda sobiq talabalar 3-marta advokat yollashgan, ammo taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqqan advokatlar ularni himoya qilishdan bosh tortganlar

TOShKENT, 4-iyun — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahar filialida dekanlik faoliyatini olib borayotgan Shavkat Ravilov Sputnik O‘zbekiston xalqaro axborot agentligiga universitetdan yoppasiga 23 nafar talabaning chetlashtirilishi holatiga izoh berdi.

Priyemnaya komissiya filiala RGU imeni Gubkina v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetiga 250 nafar talaba qabul qilinadi

Dekan bergan ma’lumotlarga ko‘ra, I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetidan joriy yilda 22 nafar talaba akademik qarzdorlik, yana bir nafari esa ichki tartib-qoidalarga bo‘ysunmaganligi sababli talabalar safidan chiqarilgan.

"O‘qishdan chetlatilgan talabalar bugungi kunda Oliy ta’lim vazirligiga ham, portalga ham murojaat qilishmoqda. Ammo ular o‘z murojaatiga to‘g‘ri chetlashtirilganliklari haqida javob olganlar", — deb qo‘shimcha qildi Ravilov.

Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, talabalar o‘z huquqlarini himoya qilishni istab uch marotaba advokat ham yollashgan. Ammo oliygoh rahbariyati tomonidan taqdim etilgan hujjat (buyruq va asos)larni o‘rganib chiqqan advokatlar o‘qishdan chetlashtirish qarori to‘g‘ri qabul qilingan, degan xulosaga kelib, talabalarni himoya qilishdan bosh tortganlar.

Ravilov shuningdek, ushbu talabalarga ikki marta imkoniyat taqdim etilgani, ammo ular bu imkoniyatdan ham foydalana olishmaganini ta’kidladi.

Darvoqe, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu holat yuzasidan fikr bildirar ekan, talabalar safidan chetlashtirish haqidagi qarorni ijobiy qabul qilishmoqda. Internet foydalanuvchilari "Mana shunday qat’iy qaror tufayli talabalar o‘qishga jiddiy yondasha boshlaydi. Puxta bilimga ega bo‘lmagan mutaxassislar o‘z sohasiga foyda keltirmaydi", degan mazmundagi izohlarni qoldirishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0