TOShKENT, 27-may – Sputnik. O‘tgan payshanba kuni Kiyevda 20ga yaqin futbol xuliganlari, Chempionlar ligasini tomosha qilish uchun kelgan, restoranda tinchgina ovqat yeb o‘tirgan, britaniyalik futbol muxlislariga hujum qilishdi. Alohida ta’kidlaymiz, britaniyalik jabrlanuvchilar mushtlashishga o‘rganib qolgan futbol fanatlari emas, 40-45 yoshli qorin qo‘ygan britaniyalik futbol muxlislari bo‘lgan. Mushtlashuvdan restoran ham jiddiy zarar ko‘rgan, RIA Novosti xabariga asosan.
Umuman olganda, shunday bo‘lishini oldindan ham aytish mumkin edi, chunki Yevropa klub futbolining eng muhim o‘yinlarini, siyosiy vaziyat notinch bo‘lgan, ma’muriy tashkilotlar ishlamaydigan va kriminal vaziyat yomon bo‘lgan Ukraina poytaxtidan o‘tkazishga qaror qabul qilinganda, hammasi risoladagidek o‘tishiga faqat axmoqlar ishongan edi.
Eng qizig‘i mushtlashuvdan keyin boshlandi
Britaniyaning Daily Mirror nashrining ijtimoiy tarmog‘idagi kanalida “Liverpul” muxlislariga “rus futbol xuliganlari hujum qildi” deb e’lon qilindi. Maqolaning rasmiy shaklida esa “niqob kiygan xuliganlar” deyilgan bo‘lsada, dunyo OAVlari bir zumda “Bitaniyaliklarga hujum qilgan rus fanatlari” haqida jar sola boshladi.
Ispaniyaning Marca nashri “Rus futbol fanatlari “Liverpul” muxlislariga hujum qildi” mavzusi ostida Kiyevdagi mushtlashuv videolavhasini joylashtirdi.
Shundan so‘ng OAVlarda “Yevropalik futbol muxlislari yoppasiga biletlarini topshirmoqda” sarlavhali vahimali xabarlar birin-ketin paydo bo‘la boshladi. Demak kimdir rostdan ham Rossiyaga kelishdan qo‘rqa boshladi.
Shu o‘rinda, Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bir vaqtlar Rossiyadagi futbol chempionatiga bormaslikka da’vat qilganini esga olsak, Kiyevdagi mushtlashish ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarish yo‘lida amalga oshirilgan, puxta o‘ylangan rejaning bir qismi bo‘lishi ehtimoli oshadi.
Britaniyalik muxlislarni do‘pposlash faqat bir maqsadni – Rossiyada JCh-2018 oldidan futbol muxlislarini “rossiyalik fanatlar” nomi bilan qo‘quvga solishga qaratilgan. U go‘yoki “Rossiyaga borsanglar mana sizni nima kutayapti” deyotgandek…
Lekin, oq bilan qorani yaxshi ajrata oladigan muxlislar bunga biroz hayron qolishdi. Chunki Rossiya va Ukraina orasidagi munosabatlar “urush holatida” ekanini ular yaxshi tushunadi. Shunday ekan rus futbol fanatlari Kiyevda nima qiladi? Ba’zi futbol ishqibozlari “Chempionlar Ligasi Yangi Zelandiyada o‘tkazilganda ham — ruslar aybdor bo‘lardi” deb istehzo qililishdi.
Daily Mirrorga rus fanatlari haqidagi birinchi yolg‘on kamlik qilgandek, yana bir “jarangdor” maqola chiqardi. “Liverpul” muxlislariga uyushtirilgan hujum ortida ruslar turibdimi?” – mavzusi ostida chop etilgan maqola ichida “rus fanatlari” haqida hech qanday dalil yoki fakt keltirilmagan. Ularning eng muhim “dalili” – xuliganlardan biri politsiya xodimi bilan rus tilida gaplashgani emish. Nahot Kiyevda futbol xuliganlaridan boshqa hech kim rus tilida gaplashmasa?
Hech qanday asosga ega bo‘lmagan, ushbu maqolani chop etishdan maqsadi — rus futbol fanatlari nomini sarlavhaga chiqarishdan bo‘lak emasligi, yaqqol ko‘zga tashlanib qolgan.
Bunaqada istalgan kishini istalgan narsada ayblash mumkin. Maslan, “Britaniyalik muxlislarga Rim Papasi buyrug‘i bilan hujum qilinganmi?” deb maqola yozib, dalil sifatida xuliganlardan birining bo‘ynida xoch bo‘lganini keltirsa yetarli.
Darvoqe, hujum qilganlar haqida ikki og‘iz so‘z. Kiyev SSKA klubining fanatlarining “dubli”, ya’ni yoshlar guruhi. O‘zlarini “Trouble Company” deb ataydigan fanatlar, sinchiklab o‘rganilganda hech kim yaxshi tanimaydigan va Rossiya, Polsha, Serbiya va hatto Xorvatiya futbol fanatlari oldida obro‘si yo‘q gruppirovka bo‘lib chiqdi. Bu bilan ular o‘zlariga obro‘ orttirmoqchi bo‘lganmi yoki buyurtma asosida ishlaganmi – tushunishning iloji yuq.
Xorijiy OAVlar – esa “feyk-nyuz”, ya’ni yolg‘on xabarlar yaratish va tarqatishda usta ekanligi yana bir bor ko‘zga tashlandi. Ular, real hayotda nima bo‘lishidan qat’iy nazar, Rossiyani hamma narsada ayblashga tayyor. Xullas, “Chempionlar ligasi Yangi Zelandiyada o‘tganida ham baribir Rossiya aybdor bo‘lardi”, degan gap haq bo‘lib chiqmoqda.