Skripal ishi: Tereza Mey Rossiyaga ultimatum e’lon qildi

© REUTERS / DYLAN MARTINEZTereza Mey.
Tereza Mey. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya va AQSh 2010-yilda o‘zaro razvedkachilar bilan almashishganidan so‘ng rossiyalik sobiq razvedkachi Sergey Skripalga Britaniyadan boshpana berilgan edi. Beshinchi mart kuni Skripal va uning qizi noma’lum modda bilan zaharlangani haqida xabar tarqaldi. Buyuk Britaniya bu ishda "Rossiya qo‘li" borligini ta’kidlab kelmoqda

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey Rossiyani sobiq razvedka bosh boshqarmasi polkovnigi Sergey Skripalni zaharlashda ayblab, unga ultimatum e’lon qildi.

Flagi  Rossii i Yevrosoyuza - Sputnik O‘zbekiston
Yevropa ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi
"Sobiq rossiyalik razvedkachi va Razvedka bosh boshqarmasi polkovnigi Sergey Skripal zaharlanishi ortida Rossiya turganligi ehtimolga ancha yaqin" — Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey Milliy xavfsizlik kengashi majlisida xuddi shunday bayonot qildi.

Majlisda razvedkachining zaharlanishi bilan bog‘liq o‘tkazilayotgan surishtiruv ishlarining so‘nggi ma’lumotlari e’lon qilingan.

Mey shuningdek, Skripal Rossiyada ishlab chiqarilgan "Novichok" oilasiga mansub asab tizimini ishdan chiqaruvchi modda bilan zaharlanganini qo‘shimcha qilgan. Eslatib o‘tamiz, 2010-yilda Rossiya va AQSh o‘zaro razvedkachilar bilan almashishganidan so‘ng, rossiyalik sobiq razvedkachi Sergey Skripalga Britaniyadan boshpana berilgan edi.

Joriy yil 5-mart kuni Skripal va uning qizi Solsberida behush holatda topilgan. Britaniya parlamenti ma’lumotlariga ko‘ra, ularni rossiyada ishlab chiqarilgan nerv tolalarini falaj holatga keltiruvchi modda bilan zaharlashgan. 

Britaniya Bosh vaziri Rossiyaga seshanba kuni kechgacha vaqt bergan. Bu vaqt ichida Rossiya tomon bu hodisa borasida to‘liq tushuntirish berishi kerak, aks holda Mey Rossiyaga qarshi avvalgidan ko‘ra "ancha jiddiy choralar"ni qo‘llashni va’da qilgan.

Chorshanba kuni Britaniya "Skripal ishi" bo‘yicha Milliy xavfsizlik kengashini o‘tkazmoqchi. Shundan so‘ng Mey parlamentda Rossiyaga qarshi qo‘llanilishi rejalashtirilayotgan choralar haqida ma’lum qiladi.

Ayni vaqtda AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson ham Rossiyani sobiq razvedka bosh boshqarmasi polkovniki Sergey Skripal hayotiga tajovuz qilganlikda ayblamoqda.

Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v rabote XXI Peterburgskogo mejdunarodnogo ekonomicheskogo foruma - Sputnik O‘zbekiston
Putin "Rossiya ishi" bo‘yicha AQShdan rasmiy hujjat talab qildi
Skripalniy zaharlanishi "aniq Rossiyadan kelmoqda", — deb bayonot qilgan Tillerson.

Shu bilan birga Bosh kotib tegishli dalillarni taqdim etmagan.

"Suveren davlat hududida o‘z fuqarosiga tajovuz qilish, uning hayotiga su’iqasd qilishga urinish holatini hech qachon oqlab bo‘lmaydi, Rossiya, ko‘rinib turibdiki, yana shu kabi harakatlarini ko‘z-ko‘z qilayotganidan biz darg‘azabmiz. Ukrainadan tortib, Suriyagacha, endilikda esa Buyuk Britaniyagacha Rossiya o‘zining mas’uliyatsiz kuchligini namoyon qilmoqda, u jahonga notinchlik olib kelmoqda, o‘zga mamlakatlar suverenitetiga va o‘z fuqarolari hayotiga ochiqchasiga bepisandlik bilan harakatda bo‘lmoqda", — deb bayonot qilgan Tillerson.

Tillerson shuningdek, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Meyning Rossiyaning aloqasi borligi to‘g‘risidagi bayonoti AQSh bilan muvofiqlashtirib olingani haqida bildirib o‘tdi.

"Qo‘shma Shtatlar bugungi bayonotdan avval Birlashgan Qirollikdagi ittifoqdoshlarimiz bilan aloqada bo‘lishgan edi. Shu jumladan, Bosh kotib va (Buyuk Britaniya) Tashqi ishlar vaziri (Boris) Jonson o‘rtasida telefon muloqoti bo‘ldi. Biz Buyuk Britaniya o‘tkazgan tergov ishlariga va u berayotgan baholarga to‘liq ishonamiz. O‘tgan haftada Solsberida ro‘y bergan asab tolalarini falaj qiluvchi gaz yordamida uyushtirilgan hujumda Rossiya javobgar deb hisoblaymiz", — degan Tillerson.

Vladimir Putin otvetil na vopros pro Mixaila Saakashvili - Sputnik O‘zbekiston
Putin AQSh nima uchun Rossiyaga sanksiya kiritayotgani sababini aytdi
"Biz jinoyatni amalga oshirganlar ham, va ushbu jinoyatni amalga oshirishga buyurtma berganlar ham javobgar degan fikrga to‘liq qo‘shilamiz. Jinoyatni amalga oshirgan va unga buyurtma berganlar tegishli jiddiy oqibatlarga duch kelishlari lozim. Biz Birlashgan Qirollikdagi ittifoqdoshlarimiz bilan bu borada hamfikrmiz va o‘z munosabatimizni muvofiqlashtirishda davom etamiz", — deb xotima qilgan AQSh Bosh kotibi.

Ayni vaqtda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Tereza Meyning Skripal bo‘yicha qilgan bayonotini "britaniya parlamentidagi sirk shousi" deb atab, bu provokatsiyaga asoslangan navbatdagi axborot-siyosiy kampaniyadan boshqa hech narsa emasligini qo‘shimcha qilishdi.

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov London bu ish bo‘yicha shu vaqtgacha hech bir dalil yoki rasmiy murojaat yubormaganini ma’lum qilib kelmoqda. Dushanba kuni esa Rossiya prezidenti Vladimir Putin britaniyaliklarga Skripalning zaharlanishi hodisasini Rossiya bilan muhokama qilishdan oldin avval hammasini o‘zlarida to‘liq aniqlashtirib olishni maslahat bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0