TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi deputati Vitaliy Milonov mamlakat Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsevga murojaat etishni rejalashtirmoqda. U IIV qoshida futbol bo‘yicha jahon chempionati vaqtida odob va axloq sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish bilan shug‘ullanadigan eksperimental otradni shakllantirish taklifi bilan chiqmoqchi.
Milonovning so‘zlariga ko‘ra, bu singari kriminal holatlar mamlakat imijiga putur yetkazishi mumkin. Uning fikricha, otradlarni vatanparvarlik ruhi kayfiyatidagi yoshlardan shakllantirish lozim. Deputat bu tashkilotga shaxsan rahbarlik qilishga tayyor.
"Shubhasiz, o‘sha kunlarda politsiyaning qo‘shimcha kuchlari va boshqa kuch xizmatlari ishga jalb qilinadi. Ammo axloqqa zid holatlarga qarshi kurash samarali kechishi uchun mafkuraviy jangchilar — qonun, madaniyat va an’anaga qattiq amal qiladigan haqiqiy vatanparvarlarni jalb qilmoq kerak", — dedi Milonov.
Futbol bo‘yicha Jahon chempionati Rossiyada 14-iyundan boshlanib, 15-iyulga qadar davom etadi. O‘yinchilar uchrashuvlar Rossiyaning 11ta shahrida kechadi. Bular: Moskva, Sankt-Peterburg, Samara, Saransk, Rostov Don, Sochi, Qozon, Kaliningrad, Volgograd, Quyi Novgorod va Yekaterinburg.