Shavkat Mirziyoyev AQShga birinchi tashrifini boshlamoqda

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Prezidenti Uzbekistana i SShA - Shavkat Mirziyoyev i Donald Tramp
Prezidenti Uzbekistana i SShA - Shavkat Mirziyoyev i Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi davomida 8,5 mlrd dollarlik bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

TOShKENT, 15-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 15-may kuni rasmiy tashrif bilan AQShga jo‘nab ketdi.

Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida 4 milliard dollarlik shartnomalar imzolanishi kutilmoqda

Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi oldidan Vashingtonda tashkil etilgan matbuot markazida prezident matbuot kotibi jurnalistlar uchun brifing o‘tkazdi.

Komil Allamjonovga ko‘ra, davlat rahbarining samolyoti 15-may kuni Vashingtondagi Endrus aeroportiga qo‘nadi. Shavkat Mirziyoyevni AQSh davlat departamenti rahbariyati va boshqa rasmiy shaxslar kutib oladi.

Bu tashrifga har ikki tomon ham katta e’tibor bilan qaramoqda. AQSh ma’muriyati O‘zbekiston Prezidenti tashrifini tarixiy deb baholamoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-may kuni Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi. Muzokaralar avval tor, keyin keng doirada bo‘lib o‘tadi. Keng doiradagi muzokaralarda O‘zbekiston va AQSh rasmiy delegatsiyasi vakillari ishtirok etadi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

General Jozef votel - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev AQSh generali Jozef Votelni qabul qildi

Tashrif davomida 40 dan ortiq hujjatlar qabul qilinishi, jumladan, umumiy qiymati 8,5 milliard dollarlik savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Shu kuni kechqurun O‘zbekiston tomonidan rasmiy qabul marosimi o‘tkaziladi. Bu yerda AQSh ma’muriyati rahbariyati, vazirlik va idoralar, yirik kompaniya va korporatsiyalar rahbarlari ishtirok etadi.

Prezident 17-may kuni Pentagonga tashrif buyurib, AQSh mudofaa vaziri bilan muzokara o‘tkazadi. Kapitoliyda kongressmenlar va senatorlar bilan uchrashib, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni har tomonlama mustahkamlash masalalarini muhokama qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Jahon banki prezidenti bilan ham uchrashib, mamlakat iqtisodiyotiga investitsiya jalb etish bo‘yicha muzokara olib boradi.

Yangiliklar lentasi
0