Shavkat Mirziyoyev AQSh generali Jozef Votelni qabul qildi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti va AQSh generali Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatish hamda butun Markaziy Osiyo davlatlari manfaatlari yo‘lida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.

TOShKENT, 13-may — Sputnik. Kecha 12-may kuni Shavkat Mirziyoyev AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Jozef Votelni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik ayniqsa siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, texnologik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda jadal rivojlanayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.

Portlagan avtomobil - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Federal tergov burosi O‘zbekistonda portlashlar bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlar o‘tkazdi

Uchrashuvda xavfsizlik, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik sohalaridagi o‘zaro aloqalarga alohida e’tibor qaratildi. 

Mintaqada barqarorlikka tahdid solayotgan zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi kurash, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. 

General Jozef Votel davlatimiz  rahbariga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirib, AQSh Prezidenti Donald Trampning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. 

AQSh joriy yil mart oyida Toshkent shahrida O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan o‘tkazilgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya yakunlarini yuksak baholashi va qo‘llab-quvvatlashi qayd etildi.

AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Jozef Leonard Votel - Sputnik O‘zbekiston
Amerikalik general O‘zbekiston tarixiga hurmat bajo keltirdi

Ushbu mamlakatda tinchlik va barqarorlik o‘rnatish mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, Afg‘oniston va butun Markaziy Osiyo davlatlari manfaatlari yo‘lida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratishi alohida ta’kidlandi. 

Muloqot yakunida O‘zbekiston Prezidentining AQShga kutilayotgan rasmiy tashrifi O‘zbekiston-Amerika hamkorligini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishi, o‘zaro manfaatli hamkorlikni aniq amaliy mazmun bilan boyitishiga qat’iy ishonch bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-17 may kunlari AQShga rasmiy tashrif bilan boradi. Tashrif davomida bir qator muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.  

Yangiliklar lentasi
0