O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida 4 milliard dollarlik shartnomalar imzolanishi kutilmoqda

CC0 / pixabay / Flag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi chog‘ida hujjatlarni imzolash kutilmoqda. Ular savdo, tijorat va investitsiya sohalariga taalluqli bo‘ladi.

TOShKENT, 14-may — Sputnik. Shu haftada O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga davlat tashrifi chog‘ida 4 milliard dollarlik shartnomalar imzolanishi kutilmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.

General Jozef votel - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev AQSh generali Jozef Votelni qabul qildi

Bu haqda dushanba kuni AQSh-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hujjatlar savdo, tijorat, investitsiya sohalariga taalluqli bo‘ladi.

Lemm ta’kidlashicha, iqtisodiy hamkorligining eng istiqbolli yo‘nalishlari bu — neftgaz va rangli metallurgiya sohalaridir.

"Biz O‘zbekistonda qo‘shma sanoat korxonalarini yaratish bo‘yicha ko‘plab hamkorlik qilish nuqtalarini ko‘rmoqdamiz", — deb qo‘shimcha qildi savdo palatasi raisi.

Donald Tramp va Shavkat Mirziyoyev birinchi marta 2017-yil may oyida Er-Riyad shahrida arab-musulmon davlatlari va AQSh sammiti doirasida uchrashuv o‘tkazishgan.

O‘zbekiston prezidenti 2017-yil 72-chi BMTning Bosh assambleya sessiyasida Trampning Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha strategiyasini qo‘llab-quvvatlagan.

Eslatib o‘tamiz, 15-17 may kunlari Mirziyoyevning AQShga tashrifi amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0