TOShKENT, 4-may — Sputnik. AQSh Qurolli kuchlari Markaziy Qo‘mondonlik qo‘mondoni Jozef Leonard Votel O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy safari davomida Ikkinchi jahon urushi vaqtida halok bo‘lganlar xotirasiga hurmat bajo keltirib, "Motamsaro ona" monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida xabar qilgan.
O‘z safari davomida Jozef Votel Toshkentdagi Xast-Imom majmuasini ziyorat qildi. Amerikalik generalning rasmiy safari joriy yilning aprel oyi oxirida bo‘lib o‘tganligi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu safar davomida Jozef Votel va O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev ikki tomonlama,, shu jumladan, harbiy va harbiy-texnik sohalardagi hamkorlikni muhokama qilishgan. Amerika generali Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston bilan munosabatlarni mustahkamlashga tayyor ekanligini tasdiqlagan.