Andijonda bo‘g‘ma kasalligiga gumon qilingan tashxis tasdiqlanmadi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishKliniko-diagnosticheskaya laboratoriya. Arxivnoe foto
Kliniko-diagnosticheskaya laboratoriya. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayrim xorij internet nashrlarida Andijon shahrida yashovchi uch yarim yoshli bolada bo‘g‘ma (difteriya) kasalligi qayd etilganligi to‘g‘risida xabarlar berilgan

TOShKENT, 11-may — Sputnik. Ayrim xorij internet nashrlarida Andijon shahrida yashovchi uch yarim yoshli bolada bo‘g‘ma (difteriya) kasalligi qayd etilganligi to‘g‘risida xabarlar berilgan.

Mazkur masalani o‘rganish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya nazorati Bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, tibbiyot fanlari nomzodi D.Tursunova boshchiligida yetakchi olim va shifokorlardan iborat tezkor guruh tashkil etilib, Andijon shahriga yuborildi, deb xabar qildi vazirlik axborot xizmati.

Rabota detskoy polikliniki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston qizamiq va qizilcha kasalliklaridan xoli mamlakat deb tan olindi

Xabarga ko‘ra, 7-may kuni 2014-yil 21-avgustda tug‘ilgan A.Shuhratbekov "yiringli-nekrotik angina" birlamchi tashxisi bilan Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Onasi bergan ma’lumotga ko‘ra, bemor bola 5-may kuni muzqaymoq yegan va ertasiga unda holsizlanish, injiqlik, rangini oqarishi kabi belgilar paydo bo‘lgan. 7-may kuni tana harorati ko‘tarilishi, tomoqda og‘riq kuzatilgani bois bola viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan.

Shifoxonada mutaxassislar tomonidan bemor ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng, unga zamburug‘li angina birlamchi tashxisi qo‘yilib, o‘rtacha og‘irlikda reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Shundan so‘ng tahlil uchun tegishli biologik namunalar olinib, laboratoriyaga topshirilgan va barcha muolajalar vaqtida o‘tkazilgan.

Vaksinatsiya - Sputnik O‘zbekiston
Yangi vaksina O‘zbekistonning emlash dasturiga kiritildi

"Bola Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yuborilgan mutaxassislar tomonidan konsilium qilinib, takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Unga yiringli-nekrotik angina va bo‘g‘maga qo‘shimcha tekshirish buyurildi. Ta’kidlash joizki, bola 2 yoshga to‘lgunga qadar milliy emlash jadvaliga muvofiq, bo‘g‘ma kasalligiga qarshi 4 marotaba emlangan", — deyiladi xabarda.

11 may kuni bemor A.Shuhratbekovning umumiy salomatligi qoniqarli, deb baholandi. Yaqin kunlarda uyiga javob beriladi va shundan so‘ng bemor hududdagi tibbiy patronaj xizmati nazoratiga olinadi.

11 may kuni mikrobiologik tahlil natijalari ham olindi. Andijon viloyati Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bakteriologiya laboratoriyasining mikrobiologik tekshirish natijalari hamda kasallik klinikasi va kechishi asosida bemorga streptokokk etiologiyali yiringli-nekrotik angina yakuniy tashxisi qo‘yildi.

Yangiliklar lentasi
0