O‘zbekistonda Bosh prokuratura akademiyasi tashkil etildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana
Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Akademiya prokuratura organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun mas’ul ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi bo‘lib hisoblanadi.

TOShKENT, 10-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.

Portfeli - Sputnik O‘zbekiston
IIV hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi

2007 yildan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tuzilmasida rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va prokuratura organlari xodimlarining malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi Oliy o‘quv kurslari faoliyat yuritmoqda. Oliy o‘quv kurslarida 2007-2017 yillar davomida 4318 nafar xodimning malakasini oshirish va 186 nafar rahbar kadrlarni qayta tayyorlash ta’minlandi.

Hujjatga muvofiq, prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratish maqsadida O‘zbekiston Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari Bosh prokuratura akademiyasi etib qayta tashkil etildi.

Akademiya prokuratura organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun mas’ul ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi bo‘lib hisoblanadi.

Akademiyada kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirish quyidagi dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

— prokuror-tergov ishi va prokuratura organlarida ish yuritishni tashkil qilish asoslarini o‘qitishga yo‘naltirilgan, davomiyligi 576 soatdan kam bo‘lmagan prokuratura organlarida lavozimlarni egallash uchun nomzodlarni birlamchi ixtisoslashuv shaklida kasbiy qayta tayyorlash;

— prokuror-tergov va tahliliy ishlarni yuritish, norma ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish yuzasidan kasbiy bilim hamda ko‘nikmalarni chuqurlashtirishga, shuningdek, ishni tashkil etishning innovatsion shakllari va metodlarini hamda boshqaruv asoslarini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan, davomiyligi 576 soatdan kam bo‘lmagan prokuratura organlarida rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada turgan kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash;

Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda jinoiy ishlar elektron shaklga o‘tkaziladi

— qonunchilikdagi yangiliklar mazmun-mohiyatini yetkazish, kasbiy ko‘nikma va malakalarni takomillashtirish, prokuror-tergov ishining ilg‘or yutuqlarini o‘rgatish, shuningdek, prokuratura organlari xodimlari faoliyatidagi tizimli kamchiliklarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan, davomiyligi 144 soatdan kam bo‘lmagan prokuratura organlari xodimlari malakasini oshirish;

2018 yilning 1-iyunidan Majburiy ijro burosini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan Akademiya xodimlariga prokuratura organlari xodimlari uchun belgilangan oshirilgan tarif koeffitsiyenti va alohida mehnat sharoitlari uchun har oylik ustama hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha haq va ustamalarni o‘z tarkibiga oluvchi lavozim maoshiga 100 foiz miqdorda har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

Yangiliklar lentasi
0