O‘zbekistonda jinoiy ishlar elektron shaklga o‘tkaziladi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentning Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida "Elektron jinoiy ish" pilot loyihasi sinovdan o‘tkaziladi. Boshlang‘ich bosqichda ishlar ham qog‘oz ham elektron shaklda olib boriladi.

TOShKENT, 29 apr — Sputnik. O‘zbekistonda yil oxiriga qadar jinoiy ishlarni elektron formatda ko‘rib chiqish bo‘yicha pilot loyiha ishga tushadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

Bugungi kunda respublikaja minglab jinoiy ishlar olib borilmoqda. Bu millionlab varaq qog‘oz degani. Undan tashqari jinoiy ishlarda, xato bo‘lishi mumkin, ular to‘liq yoki qisman yo‘qolib qolishi ham mumkin. Mana shunday xato va maxinatsiyalar bo‘lmasligi uchun mutaxassislar 2018-yilning 1-dekabriga qadar Toshkent shahrining Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida “Elektron jinoiy  ish” tizimini sinov tariqasida ishga tushirishni maslahat berishmoqda.

S.Sobanin posetil novuyu polikliniku na severo-vostoke Moskvi - Sputnik O‘zbekiston
Kelajakda barcha ruxsatnoma va litsenziyalar elektron tizim orqali beriladi

Elektron jinoiy ish tizimida jinoiy ishlar elektron ko‘rinishda olib boriladi. Tergov-qidiruv, prokuratura va sud organlari orasida axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi. Undan tashqari yangi tizim jismoniy va yuridik shaxslarning tergov-qidiruv, prokuratura va sud organlari bilan Internet orqali aloqa o‘rnatishni ham nazarda tutgan.

Boshqa yangiliklar qatorida – jinoiy ish olib borish jarayonida hujjatlarning yagona ko‘rinishini yaratish, turli protsessual jarayonlarni soddalashtirish hamda ortiqcha amaliyotlarni istisno qilishni nazarda tutgan.

Dastlabki bosqichda ishlar ham qog‘ozda ham elektron ko‘rinishda olib boriladi. Pilot loyiha 2019-yilning 1-oktabri qadar olib boriladi va uning natijalariga ko‘ra Jinoiy-protsessual qonunchiligiga kerakli o‘zgarishlar kiritiladi.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, yangi tizim foto, video va tovush ko‘rinishidagi guvohliklarni ishga biriktirish imkonini beradi va jinoiy ishlar ko‘rib chiqish sifatini oshiradi. Shu bilan birga tergovchi, prokuror va sudalar xatolari ehtimolligini kamaytiradi.

Yangiliklar lentasi
0