IIV hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi

© Sputnik / Sergey Subbotin / Mediabankka o‘tishPortfeli
Portfeli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida tayinlovlar yuz berdi

TOShKENT, 2-may — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlandilar. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Portfeli - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV tizimida qator tayinlovlar amalga oshirildi

Xabarda aytilishicha, podpolkovnik Almatov Dilshod Tulkinovich Toshkent viloyati Ohangaron tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Toshkent viloyati IIB Tashkiliy-inspektorlik va axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i etib mayor Aripov Abid Adilovich tayinlandi.

Podpolkovnik Tashpulatov Xojiakbar Mamatg‘oziyevich Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani IIB, podpolkovnik Asqarov Dilmurod Qobilovich Farg‘ona viloyati Quva tumani IIB va podpolkovnik Muminov Shuxrat Azimovich Farg‘ona viloyati Rishton tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandilar.

Podpolkovnik Xidirov Bahrom Maxamatovich Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i va kapitan Norov Sherali Abduraimovich Surxondaryo viloyati IIB Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0