Prokuratura Toshkent viloyatidagi maktab-internatda o‘ta qo‘pol qonunbuzilishlarni aniqladi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishShkolniki vo vremya peremeni, arxivnoe foto
Shkolniki vo vremya peremeni, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maktab-internat mansabdor shaxslari va boshqa shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

TOShKENT, 7-may — Sputnik. Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan Oqqo‘rg‘on tumanidagi 78-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati o‘rganilib, tekshirilganda o‘ta qo‘pol qonunbuzilishi holatlari qayd etildi. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.

Kapelnitsa - Sputnik O‘zbekiston
Prokuratura Toshkentdagi musobaqadan so‘ng kikbokschining vafot etishi bo‘yicha ish ochdi

Xabarda aytilishicha, tekshirish vaqtida maktab-internatda sanitariya-gigiyena qoidalariga umuman rioya qilinmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Masalan, maktabgacha ta’lim guruhlari uchun alohida yotoqxonalar tashkil etilmagani, yotoqxonada yashovchi bolalarga yuvinish uchun sharoitlar yaratilmagani, hattoki ta’lim muassasasining 33 nafar xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tmasdan faoliyat ko‘rsatib kelgan.

"Achinarlisi, ko‘p yillardan buyon maktab-internat yotoqxonasida mavjud xojatxona nosoz holda bo‘lib, bolalar undan sanitariya-gigiyena talablariga zid ravishda foydalanib kelayotganligi hamda zararsizlantiruvchi eritmalar ta’minoti yo‘qligi natijasida bir qancha tarbiyalanuvchilar teri-tanosil kasalliklariga chalinganligi barchani tashvishga solishi lozim. Ta’lim muassasasining mansabdor shaxslari tomonidan ushbu kasalliklarni erta aniqlash va bolalar kasallanishining oldini olish choralari ko‘rilmasdan, aksincha, noto‘g‘ri davolash ishlari o‘tkazilib, tibbiy meyorlarga mos bo‘lmagan muolajalar olib borilgan", — deyilgan xabarda.

Lekarstvennie sredstva - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent aeroportida 10 ming dollarlik dori vositalari kontrabandasi aniqlandi

Bundan tashqari, ta’lim muassasasining 16 yoshli boshqa bir tarbiyalanuvchisi I.Sokolovning bir yarim oydan buyon dars mashg‘ulotlariga qatnashmasdan bedarak yo‘qolganligi haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlariga xabar berilmagan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan maktab-internat mansabdor shaxslari va boshqa shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Dastlabki tergov davomida aniqlangan har bir qonun buzilishi holatiga qonuniy baho berilib, voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash va aybdor shaxslarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish choralari ta’minlanadi.

Yangiliklar lentasi
0