Toshkent aeroportida 10 ming dollarlik dori vositalari kontrabandasi aniqlandi

CC0 / Pixabay / Lekarstvennie sredstva
Lekarstvennie sredstva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra 60 million so‘mlik 14 turdagi 409 dona stomatologik tibbiy buyumni olib kirishga uringan ekan

TOShKENT, 3-may — Sputnik. Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari ko‘p miqdordagi dori vositalari va tibbiy buyumlarining respublikaga noqonuniy olib kirilishining oldini olishdi, deb xabar qildi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

"Moskva-Toshkent reysi bo‘yicha parvozini yakunlagan fuqaro Z.B. bojxona chegarasidan "yashil" yo‘lak orqali o‘tayotib, yonida taqiqlangan yoki ortiqcha yuklari yo‘qligini ma’lum qiladi. Biroq bojxona xodimlarida shubha uyg‘otgani sababli uning yuklari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi va uning qilmishlari fosh bo‘ldi", — deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishicha, Z.B. yuklar orasida bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovi paytida aytilmagan, umumiy narxi dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra 60 million so‘mlik 14 turdagi 409 dona stomatologik tibbiy buyumni olib kirishga uringan ekan.

Zaderjanie podozrevayemix v sovershenii prestupleniya - Sputnik O‘zbekiston
DXX to‘rt nafar "Xizb ut-Tahrir" a’zosini qo‘lga oldi

Xuddi shu reys bilan uchib kelgan yana bir yo‘lovchi fuqaro A.J.ga ham bojxona chegarasidan "yashil" yo‘lak orqali 29 turdagi 113 dona dori vositalari va tibbiyot buyumlarini olib o‘tish "nasib" qilmadi.

Ushbu shaxs qiymati 25 million so‘mlik ushbu tovarlar haqida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ham, bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ham ma’lum qilmay turib, olib kirmoqchi bo‘lgan paytda to‘xtatib qolindi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0