Prokuratura Toshkentdagi musobaqadan so‘ng kikbokschining vafot etishi bo‘yicha ish ochdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishKapelnitsa
Kapelnitsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Musobaqaga maxsus tayyorgarlikdan o‘tmagan, tegishli malaka toifasini olmagan shaxs bosh hakamlik qilgan, murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanishiga tegishli ruxsatnomasi bo‘lmagan shaxs esa murabbiy sifatida ishtirok etishga jalb qilingan.

TOShKENT, 4-may — Sputnik. Toshkent shahar prokuraturasi 18 yoshli kikbokschining musobaqadan so‘ng vafot etishi holati bo‘yicha jinoyat ishi ochdi, deb xabar berdi uznews.uz.

"UzNews.uz"ning ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, 14-aprel kuni musobaqalar jarayonida olgan tan jarohati sabab shifoxonaga olib borilgan 18 yoshli sportchi 21-aprel kuni vafot etgan.

O‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, musobaqaga maxsus tayyorgarlikdan o‘tmagan, tegishli malaka toifasini olmagan shaxs bosh hakamlik qilgan, murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanishiga tegishli ruxsatnomasi bo‘lmagan shaxs esa murabbiy sifatida ishtirok etishga jalb qilingan.

Bundan tashqari, sportchining chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlamasdan, tibbiy sug‘urta polisisiz, ota-onasining roziligisiz hamda ishtirokisiz musobaqada katnashishiga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.

Shuningdek, "UzNews.uz" manbasi ushbu holat bo‘yicha Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston havaskor va professional kikboksing Assotsiatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi mansabdor shaxslariga nisbatan tergov ishlari olib borilayotgani haqida ham xabar qildi.

Yangiliklar lentasi
0