DXX to‘rt nafar "Xizb ut-Tahrir" a’zosini qo‘lga oldi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishZaderjanie podozrevayemix v sovershenii prestupleniya
Zaderjanie podozrevayemix v sovershenii prestupleniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘lga olinganlar qamoqxonada islom ekstremistik g‘oyalari ta’siri ostiga tushib qolgan, ozodlikka chiqqanidan keyin esa ushbu g‘oyani o‘z yaqindari orasida targ‘ib qila boshlagan.

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Davlat Xavfsizligi xizmati xodimlari to‘rt nafar dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ta’qiqlangan "Xizb ut-Taxrir al-Islami" xalqaro terrorchi tashkilot   a’zolarini qo‘lga oldi. Bu haqida RIA Novosti DXX matbuot xizmatiga asosan xabar qilmoqda.

Prazdnovanie Kurban-Bayrama v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda "Xizb-ut Taxrir"ning yashirin guruhi topildi

Tezkor olib borilgan tekshiruv ishlari natijasida qo‘lga olinganlarning uch nafari 1999-2006 yillarda o‘g‘irlik tufayli ozodlikdam mahrum etilganligi aniqlanadi. Qamoqxonada esa ular islom ekstremistik g‘oyalari ta’siri ostiga tushib qolishadi. Ozodlikka chiqqanidan so‘ng guruh a’zolari o‘z yaqinlari orasida va ijtimoiy tarmoqlarda ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qila boshlaydi.  

“DXX xodimlari To‘rt nafar “Xizb ut-Tahrir” ekstremistik tashkiloti faollarini qo‘lga oldi. Ular Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashashgan… Ayni damda tergov ishlari amalga oshirilmoqda, qo‘lga olinganlarning sheriklari qidirilmoqda”, — deyilgan xabarda.

Qo‘lga olingan «Xizb-ut Taxrir” adabiyoti - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 16 nafar “Xizb ut-Tahrir” tashviqotchilari qo‘lga olindi

Aniqlangan ma’lumotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244 moddasiga — “Diniy ekstremistik, separatistik va fundamentalistik yoki boshqa ta’qiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish va ularda ishtirok etish” — muvofiq jinoiy ish qo‘zg‘atildi.  

Ushbu modda bo‘yicha 20-yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, "Xizb ut-Tahrir al-Islami" – partiyasi dastlab 1953-yilda Falastinda tashkil etilgan. Ayni damda Suriya, Misr, Iordaniya, Tunis, Quvayt, Turkiya va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida faoliyat olib boradi. "Xizb ut-Tahrir” dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, jumladan arab mamlakatlarida, Rossiya va O‘zbekistonda ham ta’qiqlangan va terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0