TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Sputnik muxbiri xabariga ko‘ra, Huquqni saqlash organlari Toshkentda “Hizb-ut-Tahrir” diniy-ekstremistik tashkilotining yashirin tarmog‘ini aniqlangan, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
“Tezkor xodimlar tomonidan “Hizb-ut-Tahrir” diniy-ekstremistik tashkilotining yashirin tarmog‘i aniqlandi. Ushbu ish yuzasidan ayni damda tergov ishlari olib borilmoqda. Yashirin tashkilotning barcha faol a’zolari hibsga olingan. Ushbu tashkilot O‘zbekiston, Rossiya va MDHning boshqa mamlakatlarida ham ta’qiqlangan”, — dedi Toshkent IIBB boshlig‘i Bahodir Qurbanov.
Eslatib o‘tamiz, ushbu tashkilot a’zolari o‘tgan haftada qo‘lga olingan edi. Tashkilot a’zosi bo‘lgan ayol Guzal To‘xtaxo‘jayeva esa – ayni damda qidiruvda. U O‘zbekiston JKning 159 – davlat konstitutsiya tizimiga tajovuz qilish, 244.2 – diniy-ekstremistik, separatist va fundamentalist tashkilotlar yaratishda bandlariga ko‘ra ayblanmoqda.
“Go‘zal To‘xtaxo‘jayeva huquqni saqlash organlari tomonidan “Hizb-ut-Tahrir” tashkiloti a’zosi bo‘lgani tufayli 2009-yildan buyon qidirilmoqda. U ayol ushbu tashkilot vakillarining uyida yashirinib yurgan”, — dedi Qurbonov.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yilning oktabr oyida Toshkentda "Xizb-ut Taxrir"ning 16 nafar a’zolari hibsga olingan edi. Ularning uyidan katta miqdorda ekstremistik adabiyotlar topilgan va ular o‘z farzandlariga ekstremistik g‘oyalarni majburiy o‘rgatganligi aniqlangan edi.