Toshkentda 16 nafar “Xizb ut-Tahrir” tashviqotchilari qo‘lga olindi

© Ministerstvo vnutrennix del UzbekistanaQo‘lga olingan «Xizb-ut Taxrir” adabiyoti
Qo‘lga olingan «Xizb-ut Taxrir” adabiyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika IIV xabariga ko‘ra, qo‘lga olinganlarning bir qismi chet ellarda “Xizb ut-Tahrir” ta’siriga tushib qolgan va uyiga qaytib kelganidan keyin o‘z xotin va bolariga majburiy ravishda ushbu ekstremistik mafkurani uqtira boshlagan.

TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Toshkentda 16 nafar “Xizb ut-Tahrir” tarafdorlari qo‘lga olindi, RIA Novosti O‘zbekiston IIV xabari asosida.  

“Hammasi bo‘lib 16 nafar estremistik tashkilot a’zolari qo‘lga olindi. Ular “Xizb ut-Tahrir” mafkurasini Toshkent aholisi orasida tarqatish bilan shug‘ullangan”, — deyilgan xabarda.

Respublika IIV xabariga ko‘ra, qo‘lga olinganlarning bir qismi “Xizb ut-Tahrir” mafkurasi ta’siriga chet elda bo‘lgan vaqtida tushib qolgan va vataniga qaytgach “o‘z turmush o‘rtog‘i va bolalariga ushbu mafkurani majburiy ravishda uqtira boshlagan”.

Qo‘lga olinganlarning turar joylarida, tintuv vaqtida katta miqdorda ekstremistik mazmundagi adabiyotlar topilgan. Hozirgi kunda IIVning Jinoyat qidiruv bo‘limi tomonidan, dastlabki tekshiruvlar olib borilmoqda va jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.   

"Xizb ut-Taxrir al-Islami" yoki Islom ozodlik partiyasi dunyoning bir qator mamlakatlarida, jumladan Rossiya va O‘zbekistonda terrorchi tashkilot deb tan olinganva uning faoliyati ta’qiqlangan. Ushbu tashkilot oldinroq “Islom davlati” bilan birgalikda harakat qilishga istak bildirgandi, lekin rasman IDga qo‘shilmagan.

Yangiliklar lentasi
0