O‘zbek-Xitoy qo‘shma korxonasi vodiyda 2000 ta yangi ish o‘rni yaratadi

© Foto : Obid Kushmatov"Pekin Kajshen Triumf" kompaniya vakillari.
Pekin Kajshen Triumf kompaniya vakillari. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Andijon va Farg‘ona viloyati hokimliklari tomonidan loyihalar qo‘llab-quvvatlanib, barcha karyer va qurilish uchun yer maydonlari ajratilib, tegishli litsenziyalar olindi.

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Andijon va Farg‘ona viloyatlarida qurilayotgan qo‘shma korxonalarda 2000 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga qo‘shma korxona direktori xabar kildi.

"Jo'ydam ta'mir qurilish" MChJ (Farg‘ona) tomonidan Xitoyning "Pekin Kajshen Triumf" kompaniyasi hamkorligida O‘zbekiston tumani Sho‘rsuv shaharchasida yillik ishlab chiqarish quvvati 1 million tonna sement va 33 million kvadrat metr gipsokarton hamda Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida kunlik 1 ming tonna ohak ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qo‘shma korxonalar tashkil etish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.

Vipusk avtomobiley na avtopredpriyatii - Sputnik O‘zbekiston
Namanganda Xitoy avtomobillarini ishlab chiqarish boshlanadi

"Pekin Kajshen Triumf" kompaniyasi dunyoning 37 mamlakatida o‘zining korxonalariga ega.

Andijon va Farg‘ona viloyati hokimliklari tomonidan loyihalar qo‘llab-quvvatlanib, barcha karyer va qurilish uchun yer maydonlari ajratilib, tegishli litsenziyalar olindi.

Ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xom ashyo mahsulotlari 100 foiz mahalliy konlardan olinadi. Bu o‘z navbatida mahsulot tannarxining ko‘tarilmasligini ta’minlaydi. Shuningdek, mahsulotlar mazkur korxonalarda to‘liq hajmda ko‘mir yonilg‘isida ishlab chiqariladi va keyinchalik xorijiy davlatlarga, ayniqsa, qo‘shni mamlakatlarga eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Hozirda "UZGAShKLITI" DUK tomonidan qurilish maydonida geologiya qidiruv ishlari amalga oshirildi va sement zavodi loyihalash ishlari boshlab yuborilgan.

Loyihaning umumiy qiymati 207 million dollarni tashkil etadi va 10-yil ichida barcha soliq turlaridan davlatga 399 million dollar foyda keltirish kutilmoqda. Eng asosiysi, loyihalarni amalga oshirish orqali jami 2 000 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratiladi.

Yana bir muhim jihati, loyihalardan olinadigan daromaddan Shohimardonda ichki turizmni rivojlantirish hamda So‘x tumanida ishlab chiqarish uchun yo‘naltirish masalalari o‘zaro shartnomada kelishilgan.

Moneti i denejnie znaki, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
"Sport" EIZga Germaniya, Xitoy va Irlandiya investorlari kelishi mumkin

"Prezidentingizning xorijiy investorlarga o‘z faoliyatlarini O‘zbekistonda amalga oshirishlari uchun keng yo‘l ochib berayotgani e’tirofga loyiq. Biz yaratib berilayotgan sharoitlardan juda mamnunmiz. O‘zbekiston dunyoning eng tez rivojlanayotgan 10 ta mamlakat qatoriga kirgani ham amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasi, deb o‘ylayman," — deydi "Pekin Kajshen Triumf" kompaniyasi direktori o‘rinbosari Sao Yuy Bo.

Bundan tashqari, loyiha doirasida Shohimardon qishlog‘ida qarovsiz bo‘sh yotgan dachalarni qayta qurish uchun loyihalar ishga tushgunga qadar 2018-2021 yillar mobaynida "Pekin Kajshen Triumf" kompaniyasi tarkibida bo‘lgan yengil tipdagi dachalar qurishga ixtisoslashgan qurilish kompaniyasi orqali yangi tuzilgan qo‘shma korxona hisobidan qo‘shimcha 30 million dollar investitsiya kiritadi. Kompaniya loyiha ishga tushgach 30-yil davomida kiritilgan investitsiyadan foyda oladi.

Yangiliklar lentasi
0