"Sport" EIZga Germaniya, Xitoy va Irlandiya investorlari kelishi mumkin

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishMoneti i denejnie znaki, arxivnoe foto
Moneti i denejnie znaki, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hukumati "Sport" EIZda sanoat klasterini tashkil qilmoqchi. U yerda sport kiyim va anjomlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 10 ortiq korxonalar joylashadi.

TOShKENT, 16 apr — Sputnik. O‘zbekistonda yaqin oylarda respublikada birinchi sport kiyim va anjomlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Sport" erkin iqtisodiy zonasi o‘z ish faoliyatini boshlaydi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Spetsialnaya industrialnaya zona «Djizak”. Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yana bir erkin iqtisodiy zona tashkil qilinadi

Yangi iqtisodiy zona 2018-yil 30-iyungacha ishga tushirilishi zarur. Hozirgi vaqtda Madaniyat va sport vazirligi Toshkent hududida yangi sanoat zonasi uchun sanoat maydonlarni ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan bir vaqtning o‘zida sport tovarlarni ishlab chiqaruvchi yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazilmoqda.

"Biz ushbu yo‘nalishda faol ish olib bormoqdamiz, Germaniya, Xitoy va boshqa bir qator davlatlar ishlab chiqaruvchilari bilan muzokaralar o‘tkazdik. Irlandiya kompaniyasi bilan mazmunli muzokaralar o‘tkazildi. Ushbu kompaniya O‘zbekistonda turli xil sport anjomlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni ko‘rib chiqmoqda", — deb ta’kidladi Sputnik tahririyatiga Madaniyat va sport vaziri Shoakram Ismoilov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, respublikaga keladigan xorijiy investorlarga katta imkoniyatlar, imtiyozlar beriladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston boy xom-ashyo salohiyatiga va malakali kadrlar, nisbatan arzon energiya resurslariga ega. Bu o‘z navbatida nafaqat ichki bozor, balki qo‘shni davlatlarga eksport qilishni borasida qisqa vaqt ichida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga imkoniyat beradi.

Eslatib o‘tamiz, "Sport" EIZ paydo bo‘lishi prezident qarori bilan tasdiqlangan. Bu yerda sanoat klasteri tashkil qilinib, sport kiyim, anjomlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 10 ortiq korxonalar joylashadi.

Dunyoda mashhur bo‘lgan Adidas, Reebok, Nike, Li Ning, Eleiko, Janssen-Fritsen, Gymnova kompaniyalarni ishlab chiqarishga jalb qilish rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0