Namanganda Xitoy avtomobillarini ishlab chiqarish boshlanadi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishVipusk avtomobiley na avtopredpriyatii
Vipusk avtomobiley na avtopredpriyatii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mustaqillik bayrami arafasida ilk mahsulotni konveyerdan chiqarish rejalashtirilgan

TOShKENT, 26 apr – Sputnik. Namangandagi "Foton do"stlik servis" MChJ Xitoyning Foton Motor shirkati bilan hamkorlikda Namangan viloyatining Pop shahrida "FOTON" rusumli o‘rta hajmli Xitoy yuk avtomobillari ishlab chiqarish loyihasini boshladi. Bu haqda vodiymedia.uz xabar bermoqda.

"Umumiy loyiha qiymati 25 million AQSh dollari bo‘lgan bu zavodni joylashtirish uchun 15 gektar maydon va bo‘sh turgan eski zavod binosi nol qiymatda taqdim etildi. O‘zbekiston Respublikasining sarmoyasi 51%, xitoylik hamkorlarning hissasi esa 49 % ga teng bo‘lgan bu zavod yiliga 15 ming dona Foton Forland o‘rta hajmli yuk avtomobillari ishlab chiqaradi", — degan Vodiymedia.uz muxbiri bilan suhbatda "Foton do"stlik servis" MChJ rahbari Vohidjon Homidov.

Peugeot - Sputnik O‘zbekiston
Peugeot-Citroen zavodi muddatidan oldin ishga tushadi

Xabarga ko‘ra, mustaqillik bayrami arafasida ilk mahsulotni konveyerdan chiqarish rejalashtirilgan.

Bugungacha Xitoyning Foton Motor shirkatining O‘zbekistondagi distribyutori sifatida faoliyat yuritgan "Foton do"stlik servis" MChJ bu yangi zavodda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan 4 rusumdagi avtomobillarni to‘la ishlab chiqarish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu esa, o‘z navbatida chiqadigan mahsulotga xorijda bo‘lgan talabdan kelib chiqib, birinchi kundan 50% gacha eksportni ta’minlaydi.

Yangi zavodda dastlab yuz foiz xorijiy butlovchi qismlardan foydalanish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, keyinchalik qismlarni muttasil ravishda maksimum darajada mahalliylashtirish rejalashtirilmoqda.

"Foton do"stlik servis" zavodining to‘la ishga tushishi bilan 300 nafar mahalliy yoshlar ish bilan ta’minlanadi. Hozirdayoq 50 dan oshiq xodim ishga boshlab ulgurdi. Ishlab chiqarish jarayonini to‘la o‘zlashtirib olgunlariga qadar mahalliy xodimlarga Xitoydan keladigan 10 nafar malakali usta kasb sirlarini o‘rgatadi.

Yangiliklar lentasi
0