"Sabot": O‘zbekiston kinosining Rossiyaga zafarli qaytishi

© SputnikRejisser, akter i ssenarist Rashid Malikov
Rejisser, akter i ssenarist Rashid Malikov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uzoq yillar davomida birinchi bor O‘zbekiston kinematografiya mahsuloti Rossiya xalqaro kinofestivalida taqdim etildi va tomoshabinlardan katta olqishlar oldi. Sputnik kolumnisti ushbu premyerada bo‘ldi.

TOShKENT, 23 apr — Sputnik, Lev Rijkov.

Asabiy o‘tgan premyera

O‘zbekistonda suratga olingan "Sabot"  nomli yangi kinofilm moskvalik tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Film namoyishida "Oktabr" kinoteatrining eng katta zallaridan biri 70%ga tomoshabinlarga to‘ldi. Festival uchun bu juda yaxshi ko‘rsatgich.

Haqiqatdan ham O‘zbekiston kinosiga Moskvada qiziqish katta. O‘tgan asrning 40-yillaridan 1991-yilga qadar o‘zbek kino maktabi SSSRda eng kuchli maktablardan biri hisoblanar edi. Keyin ancha vaqt davomida o‘zbek kinosi haqida hech narsa eshitilmagan edi. Shu sababdan ham O‘zbekiston kinosining Moskvaga kelishining o‘zi katta voqeaga aylandi.

Nagrajdenie uzbekskix artistov - Sputnik O‘zbekiston
San’atkorlar prezident nomidan pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi

Kino namoyishi ancha asabiy muhitda bo‘lib o‘tdi. Filmning 40 daqiqasida ruscha tarjima yo‘qolib qoldi. Film qahramonlari o‘zbekcha, ba’zan qoraqalpoqcha gapirishar edi. Film ostida esa inglizcha titrlar ko‘rsatilib turardi. Nihoyat kimningdir sabri tugadi.

“O‘rtoqlar, nima tarjimasiz film hammaga ma’qulmi? Menimcha bu hurmatsizlik. Ruscha tarjima yoki titrlar bilan qo‘yib bering”, — deb norozilik bildirdi mashhur kinokritiklardan biri.

Kino to‘xtatildi, chiroqlar yoqildi. Texnik nosozlikni tuzatishga 20 minutlar ketdi. Ushbu vaqt davomida kinozalda film qizg‘in muhokama qilindi. Muhokamadan men talabchan tomoshabinlarga  ushbu film juda yoqib tushganini angladim.  

“Sabot” filmi yakuniga yetgach, moskvalik jurnalistlar, kino mutaxassilari va kino kritiklari film yaratuvchilarini guldiros qarsaklar bilan olqishlashdi. Men ham chin ko‘ngildan ancha qarsak chaldim.  

Haqiqiy samuray

Xo‘sh, film o‘zi nima haqida? Filmda 1989-yil Qoraqalpog‘istonning chekka bir qishlog‘i  tasvirlangan. U yerda bir sobiq harbiy, kamsuqum va qattiqqo‘l kishi yashaydi. Uning  atrofida bir mebel faqat stol, karovat va televizor. Uning turmush o‘rtog‘i olamdan o‘tgan, o‘g‘li esa u bilan urushib qolgan va nabirasi bilan uchrashishga ruxsat bermaydi. Sobiq harbiy maktabda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi va kunlarning birida u saraton kasaliga chalingani ma’lum bo‘ladi.

Zriteli sidat v kinoteatre - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ikki yil ichida 50dan ortiq kinoteatr quriladi

Shu vaqt xayolimga, nahotki bizga butun film davomida cho‘lning o‘rtasida vafot etayotgan yolg‘iz erkakni ko‘rsatishadi degan fikr keldi. Lekin undan bo‘lmadi. Filmda qiziq burilish sodir bo‘ldi. Vafot etayotgan sobiq harbiyning bu dunyoda amalga oshirishi kerak bo‘lgan uchta ishi qolgan ekan: nabirasini ko‘rish, maktabga suv olib kelish va bir ablahdan qasos olish.

Bo‘ldi, film sujet haqida boshqa aytib bermayman. Faqat film davomida bosh qahramonning o‘tmishidan qolgan katta bir sir ochiladi. Ushbu sahnalar, misli ulkan qush kabi, juda chiroyli tasvirlangan.  

Qahramonlarning harakatlari, suhbatlari, qilayotgan ishlarining sabablari – bularning hammasi juda chiroyli va aniq ko‘rsatilgan. Artxaus filmlariga xos bo‘lgan, uzoq "qotib qolishlar" yo‘q. Film yaratuvchilari artxaus nimaligini juda yaxshi bilishadi albatta, lekin sahnalardan ortiqcha narsalarni olib tashlab, filmni xotirjam harakat energiyasi bilan to‘ldirishgan.

Uni tomosha qilarkansan, bexos hayolingga shunday fikrlar keladi: “Film qahramoni ushbu dunyoni naqadar chiroyli tark etmoqda! Haqiqiy samuray!” Rostdan ham, ushbu voqeada biroz  bo‘lsada (o‘z-o‘ziga) qandaydir shafqatsizlik bor. Buni o‘ziga xos sharqona kolorit desa ham bo‘ladi.

Hindistonliklar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda hind kinosi va musiqiy kliplari suratga olinadi

Bu yerda yana bir o‘xshatish bor. Voqea bugungi zamonda emas, SSSRning oxirgi yillarida bo‘lib o‘tmoqda. Bu albatta bejiz emas. SSSR o‘zining oxirgi urushini boy bergan 1989-yil, sovet askarlari Afg‘onistonni tark etmoqda. Imperiya bilan birga uning askari ham vafot etmoqda.  

Shu bilan bir vaqtda Qoraqalpog‘istonning o‘ziga xos chiroyli tabiatini ham qayd etish kerak. Bu go‘zallik ushbu filmning ma’nosini yanada chuqurroq, yanada bo‘rttiribroq ko‘rsatadi. Buga hech qanday 3D effektlar bilan erishib bo‘lmaydi.

Kinolentani ortiqcha maqtab yubormaslik uchun bir qoshiq kritika ham qo‘shmasak bo‘lmaydi. Menimcha, filmda bosh qahramonning yurish-turishlari biroz ko‘proq ko‘rsatilgan. Mana u uyidan chiqayapti, eshikni yopayapti, itiga “o‘tir” deb harbiy UAZga o‘tirib qayoqqadir ketayapti. Mana shunday sahnalar ko‘p. Shu xolos, filmda tanqid qiladigan boshqa hech narsa yo‘q.

Yuqori texnologiyalarning foydasi haqida

Mana film namoyishi tugatildi, kino kritiklar oldiga film rejisseri Rashid Malikov chiqdi. U jilmayib turadigan istarasi issiq kishi ekan. Bu yil u kishi 60 yoshga to‘lar ekan, lekin ko‘rinishidan 45 dan ortiq demaysiz. Tomoshabinlar o‘zbek rejisseriga darhol maqtovlar yog‘dirishga tushishdi. U kishi kutilmagan olqishlardan dastlab biroz hayron qolgandek bo‘ldi, keyin esa o‘zining zafar kechasida ekanini anglab yetdi.

Rashid Malikovni tomoshabinlarga festivalga filmlar saralab olish bilan shug‘ullangan taniqli kinotanqidchi Stas Tirkin tanishtirdi. Tirkin aytishiga qraganda, dastlab ushbu filmni Malikov  unga Feysbuk orqali yuborgan. Tirkin esa uni festivalning boshqa tanlovchilari orasida tarqatgan va bir kun ichida filmni namoyish qilish haqida qaror qabul qilingan. Oldin ushbu jarayon bir necha oylar talab qilinar edi.

Murat Yildirim - Sputnik O‘zbekiston
"Scorpion" filmida mashhur turk aktori suratga tushadi

Jamlangan kino mutaxassislari, bugungi kunda O‘zbekiston kinosi kanday yashayotgani bilan qiziqishdi.

“O‘zbekistonda filmlarga davlat tomonidan mablag‘ ajratish tizimi saqlab qolingan, — dedi Rashid Malikov. – Yiliga 10-12ta badiiy film uchun dotatsiya  ajratiladi. Hozir “O‘zbekfilm” kinostudiyasi butunlay qayta qurilmoqda va texnik jihatdan qayta jihozlanmoqda. Kinostudiya raqamli texnologiyalarga o‘tmoqda. Bu juda yaxshi xabar, chunki ushbu kunga qadar kinematograflar plenkani qayerda qayta ishlashni bilmasdan ovvora edilar. Texnika ham te eskirib borayotgandi. SSSR tarqalib ketganidan so‘ng O‘zbekiston kinematograflari texnika yetishmasligidan qiynalayotgan bo‘lsa, raqamli texnologiyalarga o‘tish bilan texnik imkoniyatlar tenglashdi desak bo‘ladi”.

“Sabot” nomi rejisserni qoniqtirmagan

“Bu nomni olishga meni redaktura majburladi. – Men aslida filmga “Yassi tog‘” (Plato) deb nom bermoqchi edim. Keyin esa, ha mayli “Sabot” bo‘la qolsin deb rozi bo‘ldim. Bu nom tez yetib boradigan, biroz dangal bo‘lsada, u ham to‘g‘ri. Mening qahramonimning saboti shunda ysharoitda u o‘z joniga suiqasd qilmasdan, hayotini munosib yakunlaydi”.  

Kann festivali istiqbollari

Matbuot anujmanidan so‘ng men Rashid Malikov bilan suhbat qildim. U kishi Sputnik Uzbekistonni yaxshi bilar ekan.

“Men Sputnikni o‘qib turaman. Menimcha ajoyib internet-manbaa, dedi rejisser. – Yaxshi xabarlar, tez-tez yangilanib turadi. Men uchun doimo qiziq”, — dedi Malikov.  

O‘z biografiyasi haqida hikoya qilib berarkan rejisser juda kamtarlik qildi. Masalan, men u O‘zbekistonda taniqli aktor ekanligini bilganimda hayron qoldim.

“Qachonlardir men “Chinor tagidagi duel” filmida suratga tushgan edim (Nortoy). O‘zbekistonda ushbu film haligacha ommabop. Uni tez tez televizordan ko‘rsatib terishadi. Yakkayu-yagona film meni O‘zbekistonga taniqli qildi, lekin Rossiyada bu kinoni hech kim ko‘rmagan. Shuning uchun ham akor ekanligimni aytib o‘tirmadim”, — dedi rejisser kamtarlik bilan.

O‘z filmida Malikov suratga tushmagan.

“Men hech kimni o‘ynashni xoxlamagandim. Akterlik rejisserlik faoliyatiga xalal bo‘lgan bo‘lardi. Kimni ham o‘ynashim mumkin edi? Haligi salbiy qahramonnimi? Mumkin edi, lekin ajoyib aktorlar turgan vaqtda bu kerak emas”, — dedi rejisser.

Videooperator - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda xorijlik kinoijodkorlar ishtirokida triller suratga olinadi

“Sabot” filmini suratga olishga davlat yordam berdi. Ajratilgan mablag‘ uncha katta bo‘lmasada Qoraqalpog‘istonda suratga olish uchun yetarli bo‘ldi.

“U yerda kinoga olish arzon emas, bepul desa ham bo‘ladi. U yerda butun filmni bepul suratga olish mumkin, lekin Qoraqalpog‘iston juda iqlimi juda keskin. U yerda yozda +50, qishda —50. Biz u yerda yozning jaziramasida kinoga olgandik.

Xorazm viloyatida eng  oxirgi sahnalar olinayotgan vaqtda havo harorati 60 darajaga ko‘tarildi. Operator va men jaziramadan “quyosh urishi” holatigacha bordik”,- dedi rejisser.

Rashid Malikov keyingi filmini Kann kinofestivaliga olib boradi degan gaplar qulog‘imcha chalingan edi. Buni rejisserdan so‘radim.

“Bunga hali ancha bor. Yangi film hali bitmagan. Meni uni Kann kinobozoriga olib borishim aniq, Festivalga ham borishni xoxlar edim, lekin hozircha aniq bir narsa deyishim qiyin”, — dedi rejisser.

 

Yangiliklar lentasi
0