San’atkorlar prezident nomidan pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi

© mcs.uzNagrajdenie uzbekskix artistov
Nagrajdenie uzbekskix artistov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qaror bilan san’atkorlarni hamda o‘zbek san’atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni O‘zbekiston prezidenti nomidan rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Joriy yil 6-aprel kuni o‘zbek milliy madaniyati rivojiga katta hissa qo‘shgan san’atkorlarni hamda o‘zbek san’atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar qildi Adliya vazirligi huquqiy axborot portali.

Qaror bilan milliy madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan san’atkorlarni hamda o‘zbek san’atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni O‘zbekiston prezidenti nomidan rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra: milliy madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan san’atkorlar hamda o‘zbek san’atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlar eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan moddiy rag‘batlantiriladi va ularga mukofotlanganlik to‘g‘risida sertifikat topshiriladi.

Mukofotlashga, qoida tariqasida, quyidagi sohalarda faoliyat yuritayotgan madaniyat sohasi vakillari tavsiya etiladi:

— kompozitor, bastakor va san’atshunoslar;

— teatr, kino va ommaviy tadbirlar aktorlari, rejissorlari;

— dirijorlar, baletmeysterlar; musiqa, xor, raqs, sirk, orkestr, ansambl ijrochilari va ushbu jamoalarning badiiy rahbarlari;

— doston ijrochiligi namoyandalari;

— shoir va yozuvchilar;

— muzey hamda moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar;

— tasviriy va amaliy san’at vakillari, dizaynerlar.

Mukofotlashga madaniyat sohasining boshqa yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan nomzodlar ham tavsiya etilishi mumkin.

Mukofotlash marosimi har yili Toshkent shahrida Mustaqillik bayrami arafasida o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0