TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘tgan yilning aprel oyida Stokgolmda teraktni amalga oshirganlikda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosi Rahmat Oqilov sudda iqrorlik ko‘rsatmasini berdi, deb xabar qildi RIA Novosti Shvetsiyaning SR radioasiga tayangan holda.
Teraktni sodir etganlikda O‘zbekiston fuqarosi 40 yashar Rahmat Oqilov gumon qilinmoqda. U jinoyat sodir etilgan kunda hibsga olingan va o‘sha vaqtdan buyon qamoqda saqlanib kelinmoqda.
Terakt bo‘yicha sud 13-fevral kuni boshlangan va 9-may kuni yakunlanadi. Sud hukmi iyun oyining ikkinchi yarmida chiqarilishi kutilmoqda. Sudga yo‘naltirilgan hujjatlarda 150 nafar jabrlanuvchilar ismlari sanab o‘tilgan.
Oqilov qo‘lga olingach, darhol terroristik jinoyatni sodir etganlikka iqror bo‘lgan va shu paytgacha bo‘lgan vaqt davomida tergov bilan hamkorlik qilgan.
Shvetsiya radiosi izohiga ko‘ra, chorshanba kuni Stokgolm sudi terakt sodir bo‘lgan joyda bo‘lgan va uning oqibatida jarblangan jabrlanuvchilarni eshitishni tugatgan.
"Oqilov 149 nafar arizachidan 130 nafariga nisbatan jinoyat sodir etganligini tan oldi. Sud jarayoni avvalida Oqilov, shuningdek, o‘z aksiyasi vaqtida halok bo‘lgan besh kishining qotilligida iqror bo‘lgan", — deb xabar qiladi radiostansiya.
Oqilov ishi bo‘yicha sud eshituvi payshanba kuni davom etadi va bunda halok bo‘lganlarning qarindoshlari ko‘rsatmalari taqdim etiladi.