TOShKENT, 20 fev – Sputnik. Stokgolm markazida yuk mashinasida bir necha kishining umriga zomin bo‘lgan Rahmat Oqilov "Islom davlati" terrorchilik guruhini qo‘llab-quvvatlaganini bildirdi.
expressen.sening ma’lum qilishicha, Shvetsiya poytaxti okrug sudida seshanba kuni bo‘lib o‘tgan tinglovda u "2017 yil aprel oyi boshida amiridan butun Yevropa, AQSh va Rossiya bo‘ylab teraktlar sodir etish chaqirig‘i olingani va unga bo‘ysunganini" bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘priklar, binolar — "ID dushmanlariga tegishli barcha narsa" terakt nishoni bo‘lgan.
Oqilov "Shvetsiyaning xalifalikka qarshi urushni bas qilishini, askarlarini jangovar harakatlar maydoniga jo‘natishni, xalifalikka qarshi kurash uchun katta pul ajratishni to‘xtatishini xohlaganini" bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 7-aprel kuni Stokgolmning markaziy ko‘chalaridan biri bo‘lgan Drottninggatan ko‘chasida yuk mashinasi haydovchisi odamlarni bosib ketgan. U 550 metr yurib o‘tib, Ahlens savdo markazi binosiga urilgan. Hujum oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi jarohat oldi.
39 yoshli Rahmat Oqilov ushbu jinoyatni amalga oshirishda ayblanmoqda.