Kemerovo "Zimnyaya vishnya" savdo markazidagi yong‘in sababi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Alexandr Kryazhev / Mediabankka o‘tishSotrudniki pojarnoy oxrani MChS vo vremya tusheniya pojara v torgovom sentre «Zimnyaya vishnya” v Kemerovo
Sotrudniki pojarnoy oxrani MChS vo vremya tusheniya pojara v torgovom sentre «Zimnyaya vishnya” v Kemerovo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yil 25-mart kuni Kemerovo shahrida joylashgan to‘rt qavatli "Zimnyaya vishnya" savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi. Buning natijasida 64 nafar kishi halok bo‘ldi, ular ichida 41 nafar bolalar.

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Kemerovo "Zimnyaya vishnya" savdo markazining to‘rtinchi qavatida joylashgan bolalar o‘yin zonasi tepasida elektr simlar qisqa tutashuvi natijasida yong‘in kelib chiqdi.

Aleksandr Bastrikin nagradil Farzona Salimova za spasenie lyudey v Kemerovo - Sputnik O‘zbekiston
Kemerovoda qahramonlik ko‘rsatgan Tojikiston fuqarosiga mukofot topshirildi

Bu haqda "Kommersant" nashriga yong‘in-texnik ekspertiza natijalari bilan tanishgan manbaa ma’lum qildi.

Binoning tom qismidan chakka o‘tishi natijasida elektr simlar tutashuvi sodir bo‘lishi mumkin. Bino tomi qordan tozalanmagan. Qor erishi natijasida suv tomdan o‘tib simlarga tushgan. Birinchi bo‘lib porolonli kubiklar to‘ldirilgan bolalar basseyn tepasidagi plastik plafon yonishni boshlagan. Yong‘in kuchayib, plastik erishni boshlagan.

Tok kuchayishi va tutashuvdan himoya qiladigan avtomatik o‘chirish qurilmalari negadir bu safar ishlamay qoladi.

Agar ventilyatsiyasi o‘chirib qo‘yilganda yong‘in tezlik bilan bartaraf etish mumkin edi. Lekin hech kim ventilyatsiyani o‘chirmadi.

Savdo markazda signalizatsiya nomigagina ishlab turgandi. Chunki xavf signali avtomalik tarzda emas, balki qo‘riqlash xizmati joyidan yoqilishi kerak bo‘lgan. Biroq xavfsizlik xizmati xodimi bu signalga ahamiyat bermaydi.

Pojar v torgovom sentre «Zimnyaya vishnya” v Kemerovo - Sputnik O‘zbekiston
Kemerovodagi "Zimnyaya vishnya" savdo markazi o‘zboshimchalik bilan qurilgan

Butun qavat bir necha daqiqa ichida qalin tutunga to‘ladi. Odamlar shu vaqtda kinozaldan chiqayotganda bo‘lgan. Ba’zi odamlar zaxira chiqish yo‘lidan qochib qutulmoqchi bo‘lishdi, biroq u yopiq qo‘yilgan edi.

Joriy yil 25-mart kuni Kemerovo shahrida joylashgan to‘rt qavatli "Zimnyaya vishnya" savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi. Buning oqibatida 64 nafar kishi halok bo‘ldi, ular ichida 41 nafar bolalar.

Yangiliklar lentasi
0