Kemerovodagi "Zimnyaya vishnya" savdo markazi o‘zboshimchalik bilan qurilgan

© Sputnik / Alexandr Kryazhev / Mediabankka o‘tishPojar v torgovom sentre «Zimnyaya vishnya” v Kemerovo
Pojar v torgovom sentre «Zimnyaya vishnya” v Kemerovo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yil 25-mart kuni to‘rt qavatli savdo markazda yong‘in sodir bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 64 kishi halok bo‘ldi, shulardan 41 bolalar.

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Kemerovadagi "Zimnyaya vishnya" savdo markazi qurilishga ruxsatnomasiz o‘zboshimchalik bilan barpo etilgan. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lum qildi. 

Tergovchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, Kemerovo viloyatinining davlat qurilish nazorat inspeksiyasi boshlig‘i Tanziliya Komkova mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish bo‘yicha ayblanuvi tariqasida qo‘lga olingan.

Maxmud Xudojayev i Farzon Salilov rasskazali, kak spasli 50 chelovek iz gorashego TS v Kemerove - Sputnik O‘zbekiston
Kemerovo savdo markazida 2 nafar tojik 50 kishini qutqardi

"Tergov versiyasiga ko‘ra, Tanziliya Komkova Kemerovo shahrida ruxsatnomasiz va o‘zboshimchalik bilan qurilgan "Zimnyaya vishnya" savdo markazini foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha zaruriy choralarni ko‘rmagan. Bu savdo markaziga tashrif buyurganlarning halok bo‘lishiga olib keldi", — deyilgan xabarda.

Shu yil 25-mart kuni 4-qavatli savdo markazda yong‘in sodir bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida 64 kishi halok bo‘ldi, shulardan 41 bolalar.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kemerovoda o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda, ushbu fojiaga aybdor bo‘lgan barcha shaxslar javobgarlikka tortilishini ma’lum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0