Allamjonov jamoat ishlariga majburiy jalb etish mavzusida brifing o‘tkazdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPress-sekretar prezidenta Uzbekistana Komil Allamjonov
Press-sekretar prezidenta Uzbekistana Komil Allamjonov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Allamjonov jurnalistlarga O‘zbekiston rahbari ijtimoiy soha vakillarining obodonlashtirish ishlariga jalb etilayotganini jiddiy tanqid ostiga olgani haqida gapirdi. Shuningdek ijtimoiy tarmoqlarda bugun Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida majburiy mehnat bo‘yicha maxsus selektor o‘tkazilishi haqida ma’lumotlar tarqatildi

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Toshkentdagi Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti matbuot-kotibi Komil Allamjonov 13-aprel kuni Sirdaryo viloyati faollari bilan o‘tgan yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev tanqid qilgan masalalardan keyin ko‘rilayotgan choralar haqida brifing o‘tkazdi.

O‘zbekiston rahbari bu yig‘ilishda viloyatlarga safarlar oldidan bu yig‘ilishda viloyatlarga safarlar oldidan ijtimoiy soha xodimlarining obodonlashtirish ishlariga jalb etilayotgani, ayrim joylarda ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yilayotganini jiddiy tanqid ostiga oldi. Bu lavha OAVlar orqali barchaning e’tiboriga havola qilindi.

Matbuot-kotibi prezident Shavkat Mirziyoyevning mazkur so‘zlaridan keyin ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berdi. Allamjonovga ko‘ra, Mirziyoyev bunday holatlar yana qaytarilmasligi uchun huquqiy mexanizm yaratish bo‘yicha topshiriqlar bergan.

Topshiriqga ko‘ra, aholini, ayniqsa, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasi xodimlari, talabalarni obodonlashtirish ishlariga jalb etishni qat’iy ta’qiqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining qarori ishlab chiqiladi.

Ushbu qarorda joylardagi obodonlashtirish xizmatlari faoliyatini kengaytirish, ularning moddiy texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar ham aks etadi. Bunda xorijiy davlatlarning bu boradagi tajribasi inobatga olinadi.

Fuqarolarni jamoat ishlariga majburlash holatlari shundan keyin ham qaytarilsa, prezident ta’kidlaganidek jazo qattiq bo‘ladi. Jumladan, jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan choralar ko‘riladi. Shavkat Mirziyoyev Bosh prokuratura oldiga ham bir qator vazifalar qo‘ygan. 

Diana Yenikeyeva haqida

Samarqandlik o‘qituvchi Diana Yenikeyevaning bevaqt o‘limiga sababchi bo‘lgan mansabdor shaxslarni yuridik javobgarlikka tortish bo‘yicha topshiriqlar bergan. "Hozirda bu hodisa bo‘yicha o‘rganish olib borilmoqda", — dedi Allamjonov.

Terakt, gvozdiki - Sputnik O‘zbekiston
Diana Yenikeyevaning otasi jurnalistlarga murojaat qildi
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 14-mart kuni Kattaqo‘rg‘on tumanida magistral yo‘lni tozalayotgan 23 yoshli maktab o‘qituvchisi Diana Yenikeyeva, yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida vafot etgan edi.

Samarqand viloyati hokimligi matbuot-xizmati Sputnik muxbiriga o‘qituvchi respublikada mart-aprel oylarida e’lon qilingan obodonlashtirish oyligida ishtirok etgani, majburiy mehnatga jalb qilinmagani haqida ta’kidlagan edi. 

Shuningdek, hozirgacha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on tumani rayono mudiri, Diana Yenikeyeva ishlagan maktab direktori va direktor o‘rinbosari ishdan olingan. Mansabdorlarning ishdan olinishi rasmiy sabablari hozirsa noma’lum.

Diana Yenikeyevaning otasi bo‘lib o‘tgan shov-shuvlardan keyin qizi xasharda qatnashganini va barchadan oilasini tinch qo‘yishlarini iltimos qilgan edi.

Ikki soatda hozirlangan parniklar…

Prezident joylardagi ko‘zbo‘yamachilik holatlaridan ham qattiq noroziligini bildirgan edi.

Qayd etilgan xo‘jako‘rsin ishlar yuzasidan prokurorlik tekshiruvi o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. 

Press-sekretar prezidenta Uzbekistana Komil Allamjonov - Sputnik O‘zbekiston
Allamjonov barchadan masalaga bir tomonlama yondashmaslikni so‘radi

Jumladan, Qashqadaryoda yo‘l bo‘ylarida yasalgan soxta issiqxonalar, Jizzaxdagi tibbiyot muassasasida eski jihozlar o‘rnatilganligi va kasallarni onlayn ro‘yxatga olish dasturi ishlamasligi kabi holatlar tekshiriladi.

Viloyatlarga tashrif chog‘ida ko‘rsatilgan, jumladan bank rahbarlari tomonidan taqdim etilgan loyihalarni chuqur va tahliliy inventarizatsiyadan o‘tkazish, kamchiliklar aniqlangudek bo‘lsa, keskin choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

"Prezident yana shunday ko‘zbo‘yamachilik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida doimiy va qat’iy nazorat o‘rnatish zarurligini ta’kidlagan. Ko‘zbo‘yamachilikka uringan yoki buning oldini olmagan rahbarlar qattiq jazolanadi. Davlat rahbari bergan topshiriqlar ijrosi, aybdorlarning jazolangani haqida OAV vositalari, jumladan, Bosh prokuratura huzuridagi media-markaz orqali xabarlar berib boriladi", — dedi Allamjonov.

Telegram tarmog‘ida shuningdek bugun Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida majburiy mehnat bo‘yicha maxsus selektor o‘tkazilishi haqida ma’lumotlar tarqaldi.

Yangiliklar lentasi
0