Diana Yenikeyevaning otasi jurnalistlarga murojaat qildi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishTerakt, gvozdiki
Terakt, gvozdiki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu yilning 14-mart kuni Kattaqo‘rg‘on tumanida magistral yo‘lni tozalayotgan 23 yoshli maktab o‘qituvchisi Diana Yenikeyeva, yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida vafot etgan edi.

TOShKENT, 28 mar – Sputnik. Samarqand viloyatida vafot etgan maktab o‘qituvchisi Diana Yenikeyevaning otasi jurnalistlarga murojaat qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

“Diana Yenikeyevaning otasi Aleksandr o‘z videomurojaatida jurnalistlardan Diananing o‘limidan o‘z manfaatlarida foydalanmaslikni so‘ragan”, — deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning 14-mart kuni Kattaqo‘rg‘on tumanida uyushtirilgan hasharda, magistral yo‘lni tozalayotgan 23 yoshli maktab o‘qituvchisi Diana Yenikeyeva, Kamaz yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida vafot etgan edi.

Ushbu fojeadan so‘ng O‘zbekiston OAVlarida katta shov-shuv ko‘tarildi. Bir necha jurnalistlar ushbu ish yuzasidan o‘z taftishlari o‘tkazib, maqolalar yozishdi. Yosh o‘qituvchining o‘limiga olib kelgan sabablar o‘rganildi.

Yangiliklar lentasi
0