TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Yevropa Thales Alenia Space kompaniyasi O‘zbekiston bilan sun’iy yo‘ldoshlar va ularning uskunalarini ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.
"Thales Alenia Space bilan sun’iy yo‘ldoshlar va ularning uskunalarini ishlab chiqish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi", — RIA Novostiga hukumatdagi manbaa ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, kompleks kosmik tizimlar bo‘yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirish, xususan, turli maqsaddagi sun’iy yo‘ldoshlarni uchirish va boshqarish, shuningdek mutaxassislarni tayyorlash uchun O‘zbekiston hududida texnologik bazani tashkil etish rejalashtirilgan.
"Hozirgi vaqtda muhokamalar dastlabki bosqichda", — deb ta’kidladi manbaa.
Bundan tashqari, kosmik texnologiyalardan foydalangan holda O‘zbekistonni yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulash uchun infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha innovatsion loyihalarni birgalikda amalga oshirish taklif etilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev fevral oyida bosh vazir o‘rinbosari Suxrob Xolmurodov boshchiligida kosmik tadqiqotlarni va texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhni tuzish to‘g‘risida farmoyish imzolagandi.
Shavkat Mirziyoyev bu komissiyaga milliy sun’iy yo‘ldosh aloqa bo‘yicha milliy tarmog‘ini yaratish bo‘yicha takliflar tayyorlash, kosmonavtika yutuqlarini tatbiq etish, kosmik va sun’iy yo‘ldosh texnologiyalar sohalari bo‘yicha kadrlarni tayyorlash haqida topshiriqlar bergandi.
Shavkat Mirziyoyev dekabr oyi yakunida Oliy Majlis murojaatnomasida, oxirgi yillarda O‘zbekistonda aerokosmiy texnologiyalar davlatning iqtisodiy muhim tarmoqlariga tatbiq etilishiga yetarli e’tibor qaratilmaganligini alohida ta’kidlab o‘tgandi.
O‘zbekiston rahbari milliy kosmik infratuzilmalarni yaratish bo‘yicha loyihalarga xorijiy investorlarni jalb qilish zarurligi haqida ko‘rsatib o‘tgandi.
2018 yil uchun davlat dasturi doirasida tegishli vazirlik va idoralarga shu yil yakuniga qadar 2018-2035 yillarda aerokosmik sanoatni shakllashtirish bo‘yicha strategiyani ishlab chiqish to‘g‘risida topshiriq berdi.
Strategiyada aerokosmik faoliyat bo‘yicha davlat idorasini tuzishni nazarda tutilgan.