O‘zbekiston va Jahon banki hamkorlikda internet va raqamli texnologiyalarni rivojlantiradi

© Foto : PixabayUK Spy Agencies Claim Legal Right to Broad Hacking of Computers and Phones
UK Spy Agencies Claim Legal Right to Broad Hacking of Computers and Phones - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomonlar elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot tizimini rivojlantirishni muhokama qildi

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev Jahon banki delegatsiyasi bilan internet va raqamli xizmatlarni rivojlantirishda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikda amalga oshirish ko‘zda tutilgan Digital CASA loyihasi yuzasidan fikr almashdilar.

"O‘zbektelekom": yil oxiriga borib internet o‘n baravar tez ishlaydigan bo‘ladi

"O‘zbekiston tomoni loyihadan kutayotgan natijalar xususida ma’lum qilib, Butunjahon banki bilan istiqboldagi hamkorlik yuzasidan takliflarini bayon qildi. Tomonlar istiqbolda ikkitomonlama manfaatdor hamkorlikni davom ettirish yuzasidan fikr-mulohaza almashishga kelishib oldilar”, — deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Mazkur loyiha mamlakatda raqamli texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish, "elektron hukumat" tizimlarini joriy qilish hamda raqamli iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash kabi maqsadlarni ko‘zlaydi.

Markaziy va Janubiy Osiyoni yagona raqamli xabga bog‘laydigan va transchegaraviy telekommunikatsiya tarmog‘ini yaratishga qaratilgan Digital CASA loyihasi dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan mamlakatlarga Internetga tezkor ulanish, shuningdek, mamlakatning tranzit salohiyatini oshirishiga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yanvar oyida mas’ul shaxslarga internetga ulanish narxlarini pasaytirish, internetga ulanish tezligini oshirish bo‘yicha topshiriq bergandi.

Yangiliklar lentasi
0