Uyali aloqa operatorlari orasida chastotalar teng taqsimlandi

© Sputnik / Yuriy Lashov / Mediabankka o‘tishVishki sotovoy svazi
Vishki sotovoy svazi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston uyali aloqa operatorlari 900 va 1800 Mgs oraliqdagi chastotalarda 2G, 3G va 4G avlod uyali aloqa tizimini rivojlantirish imkoniga ega bo‘lishdi. Oldin ushbu chastotalarning katta qismidan faqat Beeline foydalanayotgan edi.

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Ushbu yilning 1-aprelidan boshlab O‘zbekistondagi barcha uyali aloqa kompaniyalari yangi chastotalar rejasiga ko‘ra ishlay boshlaydi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Sayt Ebay na ekrane telefona - Sputnik O‘zbekiston
Uyali aloqa va internet xizmatlari narxi oshmaydi

Bir necha yil davom etagan muzokaralar va tortishuvlardan so‘ng O‘zbekistonda eng yirik bo‘lgan uyali aloqa operatori Beeline faqat o‘zi foydalanish huquqiga ega bo‘lgan chastotalarning bir qismini Ucell, UMS va Uzmobile kompaniyalari orasida taqsimlandi.

Bugundan boshlab kuchga kirgan hujjatga ko‘ra, Ucell, UMS va Uzmobile operatorlari 900 va 1800 MGs chastotalar diapazonida nafaqat “ovoz standarti” bo‘lgan 2G aloqa tizimini, balkim 3G va 4G aloqa tizimlarini ham rivojlantirish huquqiga ega bo‘lishdi. Bu hatto uzoq qishloqlarda ham tezkor internet xizmatini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

“Yangi radiochastota kanallariga o‘tish – bu soha boshqaruvchisining moslashuvchan va progressiv yondashuvining ajoyib namunasidir. Aloqa sohasidagi uzoq yillik shaxsiy tajribamga asoslanib shuni aytishim mumkinki, chastotalarni qayta taqsimlash – uzoq muddatli tayyorgarlik va barcha darajadagi jarayonlarda ishtirokchilarning yaqin hamkorligini talab qiladigan o‘ta murakkab loyihadir. Bu, shuningdek, abonentlar uchun ishonch va mas’uliyat masalasi hamdir”, — dedi Beeline bosh direktori Dmitriy Shukov.

Oldin belgilanganidek, 31-mart kuni Beeline 900 va 1800 MGs diapazonlardagi chastotalarning 47%idan boshqa uyali aloqa operatorlari foydasiga voz kechdi. Oldindan ko‘rilgan tayyorgarlik va sotib olingan yangi tarmoq uskunalari tufayli, abonentlar uchun ushbu jarayon sezilarsiz o‘tdi. Yaqin orada boshqa uyali aloqa operatorlari ham radiochastotalarni yangilash bo‘yicha amaliyotlarni o‘tkazishi kerak bo‘ladi.

Kliyentka rassmatrivayet broshuru v ofise kompanii Bilayn - Sputnik O‘zbekiston
"Bilayn" abonent to‘lovini vaqtincha oshirmaydigan bo‘ldi

Bilayn direktori so‘zlariga ko‘ra Axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan erishilgan ushbu yutuq – sohada o‘zaro murosa barchaga foyda keltirishi mumkinligini ko‘rsatdi. Bundan eng katta yutuq esa, albatta – foydalanuvchilarga tegishli bo‘ladi.  

“Axborot texnologiyalari vazirligi bilan erishilgan murosaga asosan, biz chastotalar o‘zgarish jarayoniga yaxshi tayyorgarlik ko‘ra oldik va bu bizning 10 million abonentlarimiz uchun deyarli sezilmadi. 900/1800 chastotalarida texnologik neytralitet berilishi bu telekommunikatsiyalarni rivojlantirish sohasida erishilgan ulkan yutuqdir. Ishonchim komilki,  yaqin oylar ichida bu LTE axborot uzatish xizmatlarini kengaytirishga olib keladi”, — dedi Shukov.

Yangiliklar lentasi
0