O‘zbekistonda yana bir erkin iqtisodiy zona tashkil qilinadi

© UztelecomSpetsialnaya industrialnaya zona «Djizak”. Uzbekistan
Spetsialnaya industrialnaya zona «Djizak”. Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi EIZ "Jizzax" erkin iqtisodiy zona bazasida ochiladi. EIZ korxonalari investitsiya hajmidan qat’iy nazar turli soliq va davlat jamg‘armalarga ajratmalardan ozod qilinadi.

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. O‘zbekistondan "Sirdaryo" yangi erkin iqtisodiy zona paydo bo‘ladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri prezident qaroriga asoslangan holda.

Punkt tamojennogo oformleniya na granitse - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda mutlaqo yangicha bojxona nazorati tizimi joriy etiladi

Ushbu EIZ "Jizzax" EIZ filiali qoshida Sirdaryo viloyatiing Sirdaryo tumani Yangiyer shahrining kichik sanoat zona hududida tashkil qilinadi. Yangi EIZ ish faoliyati 30-yil belgilanib, kelgusida uzaytirish sharti bilan. Shu vaqt mobaynida bu yerda maxsus soliq va bojxona tartiblari amal qiladi.

EIZ barcha korxonalari investitsiya hajmidan qat’iy nazar turli muddatlarga yer, daromad, mulk va boshqa soliqlaridan, shuningdek maqsadli davlat jamg‘armalariga majburiy ajratmalarini o‘tkazishdan ozod qilinadi.

Misol uchun, agar investor 300 mingdan 3 million dollar kiritsa, shunda 3-yilga (3 dan 5 million dollar — 5-yilga, 5 dan 10 million dollar — 7-yilga, 10 million dollardan ortiq kiritsa 10-yilga) imtiyoz oladi.

Bundan tashqari, korxonalar EIZ faoliyatining butun davomiga korxonalar tomonidan xom-ashyo, materiallar va butlovchi qismilar olib kirilganda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi.

Rossiya O‘zbekistonda noyob tibbiy loyihani ishga tushiradi

Shavkat Mirziyoyev iyun oyi o‘rtalarigacha "Sirdaryo" EIZ hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirish bo‘yicha "yo‘l haritasi"ni ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 17 ta erkin iqtisodiy zonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda jami qiymati 512 million dollarlik 69 loyihalar amalga oshirildi. Ulardan uchtasi shu oxirgi 2 oy ichida tashkil qilindi. Bular "Sirdaryo", "Sport" va "Baliq ishlab chiqaruvchi" erkin iqtisodiy zonalardir.

Yangiliklar lentasi
0