O‘zbekistonda mutlaqo yangicha bojxona nazorati tizimi joriy etiladi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishPunkt tamojennogo oformleniya na granitse
Punkt tamojennogo oformleniya na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Import tovarlari amalda O‘zbekiston bojxona hududiga yetib kelishidan oldin, jumladan, tovarlarni bevosita chegara o‘tkazish punktlarida erkin muomalaga chiqarish orqali insofli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini rag‘batlantirish maqsadida ushbu tovarlarni dastlabki deklaratsiyalash amaliyoti joriy etiladi.

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 2018-yil 1-iyuldan boshlab umuman yangicha bojxona nazorati tizimi yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri prezident farmoniga asoslangan holda.

Na prigranichno-tamojennom komplekse «Gisht kuprik” Tashkentskoy oblasti sotrudnikami tamojennoy slujbi presechen nezakonniy vivoz krupnoy partii karakulskix shkur - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bojxonalarida xufona tekshiruvlar o‘tkazildi

Joriy yil 12-aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.

Ehtimol, ishbilarmonlik faoliyati uchun eng muhim yangiliklardan biri bu — tovarlarni dastlabki deklaratsiyalash amaliyoti joriy etishidir.

Ya’ni, import tovarlari amalda O‘zbekiston bojxona hududiga yetib kelishidan oldin, jumladan, tovarlarni bevosita chegara o‘tkazish punktlarida erkin muomalaga chiqarish orqali insofli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini rag‘batlantirish maqsadida ushbu tovarlarni dastlabki deklaratsiyalash amaliyoti joriy etiladi.

Hozirgi vaqtda esa tovarlarni olib keluvchi tadbirkor chegaradagi postdan bojxona nazorati ostida ma’lum bojxona terminaliga olib kelishi zarur. Shundan so‘ng hujjatlarni bojxona brokeriga beradi. Broker ularni ko‘rib chiqib, bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi. Bu vaqt davomida yuk bojxona omborida saylanadi. Bularning barchasi ishbilarmonlar uchun katta qiyinchiliklarni olib keladi.

Joriy yil 1-iyuldan boshlab tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tovarlarni bevosita chegara o‘tkazish punktlarida dastlabki deklaratsiyalash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bojxona brokerlariga murojaat qilmasdan bojxona yuk deklaratsiyalarini Internet tarmog‘i orqali real vaqt rejimida to‘ldirish va bojxona organlariga taqdim etish huquqiga ega bo‘ladilar. Bularning barchasi ishbilarmonlarning bojxona rasmiylashtiruvi bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlarni jiddiy ravishda kamaytiradi.

Taqqoslash uchun o‘tgan yilda barcha bojxona yuk deklaratsiyalarining 92 foizi bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan to‘ldirilgan. Ushbu xizmatning narxi eng kam ish haqining bir baravardan tovar qiymatining 0,5 foizigacha bo‘lgan.

Yana bir muhim jihat, bir tashqi savdo shartnomasi doirasida aynan bir xil tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi (jismoniy xususiyati, sifati, ishlab chiqaruvchisi, tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklatura kodi bo‘yicha) davriy deklaratsiyalarni taqdim etish orqali amalga oshiriladi. Bundan avval tadbirkorlar bitta shartnoma bo‘yicha yetkazib berilgan tovarlar har bir partiyasini alohida deklaratsiya qilishga majbur edilar.

Zagotovka sena v fermerskom xozaystve - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga olib kiriladigan traktor va yuk mashinalar bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi

Olib kiriladigan mahsulotlar uchun ruxsatnoma va sertifikatlar olish muammosi ham hal etiladi. Hozirgi vaqtda tadbirkorlar zarur hujjatlarni olish uchun turli idoralarga murojaat qilishlari va hatto bitta shartnoma doirasida olib kelinadigan tovarlar uchun ham har bir murojaat uchun alohida to‘lov to‘lashlari kerak.

Biroq 1-iyuldan bularning barchasi o‘zgaradi. Aynan bir xil tovarlarga bir tashqi savdo shartnomasi doirasida karantin ruxsatnomalar, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini, ozon yemiruvchi moddalar va ulardan tashkil topgan mahsulotlarni olib kirish hamda olib chiqish uchun ruxsatnomalar, muvofiqlik sertifikati, veterinar, gigiyenik va ekologik sertifikatlar bir kalendar yilidan oshmagan muddatga bir marotaba taqdim etiladi.

Bundan tashqari, tovarlarni bojxona rejimlariga joylashtirishda, shuningdek, xorijiy avtotashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab harakatlanish marshrutlarini o‘zgartirishga bojxona organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bekor qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0