Rossiya O‘zbekistonda noyob tibbiy loyihani ishga tushiradi

Obuna bo‘lish
Toshkent viloyatining 16-sonli oilaviy poliklinikada maxsus jihoz o‘rnatiladi. Uning yordamida odamlar mustaqil tarzda o‘z sog‘liklarini kuzatib borishlari mumkin.

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Rus gumanitar missiya 13-aprel kuni O‘zbekistonda noyob tibbiy loyihani amalga oshirishni boshlaydi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Vrach skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan tashabbusi bilan bepul tibbiy ko‘riklar tashkillashtirildi

"Sog‘lig‘likni aniqlash bo‘yicha raqamli testi" loyihasi Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 16-sonli oilaviy poliklinikasida amalga oshiriladi. Ushbu tashabbus doirasida poliklinikada maxsus jihoz o‘rnatiladi. Uning yordamida odamlar mustaqil tarzda o‘z sog‘liklarini kuzatib borishlari mumkin.

Ochilish marosimida bu noyob jihozni ishlab chiqargan tibbiyot fanlar nomzodi Vladimir Savostyanov ishtirok etib, tibbiyot xodimlarga master klass o‘tkazadi.

Agarda ushbu jihoz yariy yil davomida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tsa, respublikaning boshqa tibbiy muassasalarida ham o‘rnatiladi.

Ta’kidlab o‘tamiz, bu poliklinikada Rus gumanitar missiyasining birinchi loyihasi emas. Undan avval bu yerda quyoshli batariyalar o‘rnatilgandi. Shundan so‘ng bu yerda qo‘shimcha energiya manbaasi paydo bo‘ldi. Qimmatbaho tibbiy jizohlar doimiy elektr energiya bilan ta’minlandi.

Missiyaning boshqa loyihalari — Rossiya muzeylarida mavjud bo‘lgan O‘zbekiston madaniy boyliklarini ko‘rgazmasini o‘tkazishni tashkil qilish rejalashtirilgan. Hozirgi vaqtda Rossiya Madaniyat vazirligi bilan kelishuv jarayoni ketmoqda.

Yangiliklar lentasi
0