O‘zbekistonda “Aqlli tibbiyot” tizimi joriy etilmoqda

© Sputnik / A. Solomonov / Mediabankka o‘tishOtdelenie lazernoy terapii
Otdelenie lazernoy terapii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda “Aqlli tibbiyot”ning “Elektron navbat”, “Bemorning elektron kartochkasi”, “Elektron ro‘yxatga olish”, “Elektron retsept” tizimi va “Elektron dorixona”, “Elektron order” kabi ilk xizmatlari joriy etila boshlandi.

TOShKENT, 12 apr – Sputnik. Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov O‘zbekiston tibbiyotida joriy etiladigan “Aqlli tibbiyot” va “Yagona tibbiy ma’lumotlar markazi” haqida batafsil so‘zlab berdi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev 6 oy ichida uchinchi marta tibbiyot sohasida videoselektor o‘tkazdi

Shodmonov aytishiga qaraganda, “aqlli texnologiyalar”ning asosiy maqsadi — kam vaqt va kuch sarflab, yuqori natijaga erishishdir. O‘zbekistonda “Aqlli tibbiyot”ning asosini “Yagona tibbiy ma’lumotlar markazi” tashkil qiladi.  

“Yagona tibbiy ma’lumotlar markazi” – bemorning ambulator kartasi, kasalliklar tarixi kiritilgan elektron ma’lumotlar bazasidir. Bu bazada bola dunyoga kelishidan boshlab, salomatligi bilan bog‘liq barcha ma’lumot, emlash va davolanishlari kiritib boriladi. Bemorni davolovchi shifokorda ushbu bazaga kirish, qo‘shimcha ma’lumot joylashtirish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

Ushbu tizimning oldingi, qog‘ozda yoziladigan ambulator kartasiga nisbatan ustunlik tomonlari ko‘p:

  • inson omili bilan bog‘liq xatolarga yo‘l qo‘yilmaydi, masalan: karta yo‘qolishi, ma’lumotlar to‘liq yoki umuman yozilmasligi
  • muolaja tayinlashda bemorning butun kasallik tarixi, ilgari olgan muolajalari bilan tanishish imkoniyati tezlashadi

Vazir so‘zlariga ko‘ra, “Aqlli tibbiyot” tizimi — shifokorga zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida bemor bilan aloqa o‘rnatish va masofadan turib davolash imkonini beradi.

Bemor tanasiga o‘rnatilgan maxsus datchik  va chiplar orqali shifokor qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, patsiyent salomatligi haqidagi muhim ma’lumotlardan xabardor bo‘lishini ta’minlaydi.

Prezident posetil medsentr v Sherabadskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev xususiy tibbiyot markaziga tashrif buyurdi

Misol uchun, hayotiy ko‘rsatkichlar —  tana harorati, qondagi qand miqdori, arterial qon bosimi haqidagi axborot shifokorga kelib turadi. Bu surunkali va yashirin kechuvchi kasalliklar profilaktikasida, ularni aniqlash, bemorning salomatligi holatini monitoring qilish va davo choralarini tayinlashda muhimdir.

Hozirda “Aqlli tibbiyot”ning ilk xizmat turlari mamlakatimizda joriy etila boshlandi. Xususan, “elektron navbat”, “bemorning elektron kartochkasi”, “elektron ro‘yxatga olish”, “elektron retsept” tizimi va “elektron dorixona”, “elektron order” kabi xizmat va servislar yaratilmoqda. Telemeditsina, mobil meditsina (mobil xizmatlar, m-Health), elektron ta’lim rivojlantirish jadal olib borilmoqda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu “Aqlli tibbiyot” tizimlar yirik loyiha bo‘lib, uni amalga oshirish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan bir qatorda Moliya, Innovatsion rivojlanish, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish va Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamkorlikda olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0