Shavkat Mirziyoyev xususiy tibbiyot markaziga tashrif buyurdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident posetil medsentr v Sherabadskom rayone
Prezident posetil medsentr v Sherabadskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Diagnostika va davolash uskunalari yetishmayotgan hududda yana bir zamonaviy jihozlangan tibbiy muassasaning paydo bo‘lishi katta ahamiyatga ega.

TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bo‘lgan tashrifi davomida, Sherobod tumanida joylshagan  «Yevromed plyus» xususiy diagnostika va davolash markazi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati

Shu kecha kunduzda ish boshlagan ushbu klinika zamonaviy tibbiy diagnosti va davolash uskunalari bilan jihozlangan.

Xususan, kompyuter tomografi, raqamli rentgen, ultratovush tekshiruvi, videogastroskop, videokolpaskop kabi dagnostika uskunalaridan foydalanish hamda ultratovush, elektr, magnit, lazer bilan davolash, umurtqa churralarini traksion cho‘zish yo‘llari bilan sog‘lomlashtirish imkoniyatlari mavjud.

Oldin bemorlarni davolashda yuqorida ko‘rsatilgan tibbiy uskunalarga ehtiyoj tug‘ilgan hollarda bemorlar Termiz shahridagi tibbiy markazlarga borib kelinar edi. Bundan buyon 182 mingdan ortiq aholi istiqomat qiluvchi Sherobod, qo‘shni Muzrabot, Boysun, Angor, Qiziriq tumanlari aholisi yangi klinika xizmatlaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Shavkat MIrziyoyev, klinika faoliyati bilan tanishar ekan, mazkur shifo maskani bilan TOshkentdagi "Akfa Medlayn" klinikasi o‘rtasida hamkorlikni, tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0