TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. 6-iyul kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Hukumat portali.
Kimlar qatnashdi?
Eslatib o‘tamiz, tibbiyot masalalari bo‘yicha O‘zbekiston rahbari bundan avval ham ikki marta: joriy yil 5-yanvar va 7-fevral kunlari yig‘ilishlar o‘tkazgan.
Olti oy ichida uchinchi marta
Yarim yil davomida uchinchi bor majlis o‘tkazilayotgani, albatta, bejiz emas.
Shuning uchun ham mana shu o‘ta muhim, hal qiluvchi masalani yechmasdan turib, boshqa soha va tarmoqlarda olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati haqida gapirish umuman mumkin emasligi qayd etilgan.
Nimalar amalga oshirildi?
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini takomillashtirishga oid qaror ijrosi doirasida 793 qishloq vrachlik punkti negizida qishloq oilaviy poliklinikalari, 441 tez tibbiy yordam shoxobchalari tashkil etilgani, faoliyati tugatilayotgan 658 qishloq vrachlik punkti binolari xizmat uyi sifatida foydalanish uchun shifokorlarga berildi.
Shu bilan birga, shu yilning o‘zida joylarga yetkazib berilishi kerak bo‘lgan 1 ming 200 "tez yordam" mashinasidan 1-iyulgacha jami 646 dona avtotransport, jumladan, Toshkent shahri bo‘yicha 126 dona "Damas" yetkazib berilgan.
Kamchiliklar…
Yig‘ilishda sog‘liqni saqlash sohasida bir qator kamchiliklar ham ko‘zga tashlanayotgani, xususan, patronaj ishlari talab darajasida emasligiga urg‘u berilgan.
"Biz endi tibbiyot muassasasi, jumladan, patronaj xizmatining faoliyatiga soha amaldorlari emas, balki oddiy odamlar, aholining bevosita o‘zi xolis baho beradigan tizim yaratishimiz kerak", deb aytgan Mirziyoyev.
Shuningdek, olib borilayotgan doimiy monitoring ishlari dori-darmon ta’minoti va narxi masalasida ham hanuzgacha jiddiy muammolar borligini ko‘rsatayotgani aniq misollar asosida qayd etilgan. Mutasaddi tashkilotlarga narxlari cheklangan dori vositalari ishlab chiqarish, ularning dorixonalarda doimo mavjud bo‘lishi va retsept asosida berilishini ta’minlash kabi tadbirlar mexanizmini ishlab chiqish vazifasi topshirilgan.
Shifokorlarga ipoteka beriladi
Yig‘ilishda yana bir dolzarb muammo – mintaqa va hududlarda shifokor kadrlar yetishmovchiligi bilan bog‘liq masala ham muhokama qilinib, vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish maqsadida tibbiyot xodimlari uchun zarur sharoitlar yaratish, jumladan, ularni imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar, iste’mol kreditlari bilan ta’minlash bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish haqida ko‘rsatma berilgan.
Xorijdan mutaxassislar chaqiriladi
Mirziyoyev ayni vaqtda xorijiy mamlakatlardan yuqori malakali shifokor mutaxassislarni O‘zbekistonga taklif etib, ularning bilim va salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish zarurligi haqida topshiriqlar bergan.
Yig‘ilishda sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni izchil davom ettirish, ayniqsa, xususiy tibbiyot tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha ishlarning ahvoli uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari shaxsan mas’ul ekani va har chorakda Mirziyoyevga hisobot berishi alohida ta’kidlangan.