Xabib Nurmagomedov UFC chempioni bo‘ldi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishTrenirovka boysa Xabiba Nurmagomedova
Trenirovka boysa Xabiba Nurmagomedova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik aralash yakkakurashchi tarixda birinchi bor Mutlaq jangovar chempionat (UFC) g‘olibi bo‘ldi.

TOShKENT, 8 apr – Sputnik. Rossiyalik mashhur yakkakurashchi Habib Nurmagomedov UFC chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi, deb xabar qilmoqda R-Sport.

Kecha, 7-aprel kuni Nyu Yorkda bo‘lib o‘tgan besh raundli jangda barcha hakamlar rossiyalik sportchining g‘alabasini qayd etishdi.Ushbu jang yengil vaznda kurash olib boruvchi yengilmas rossiyalik sportchi karyerasida 26-jang va 26-g‘alaba bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, UFC kamari uchun bo‘lib o‘tgan ushbu jangni muxlislar uzoq kutishgan edi. Jang turli sabablarga ko‘ra 4 marotaba qoldirilgan, Habibning raqiblari esa 3 marotaba o‘zgargan edi.

Jang bo‘lishidan 2 kun oldin esa, raqib jamoasi vakili, aralash yakkakurchi Konor Makgregor Nurmagomedov va boshqa jangchilar o‘tirgan avtobusga xujum qilib, temir ustun bilan uning oynasini sindirgan edi. Ushbu qilmishi uchun sobiq chempion sud oldida javob berishiga to‘g‘ri keladi.

E’tiboringiz uchun Nurmagomedov haqida bir necha qiziq faktlarni keltiramiz, Sputnik Qirg‘izistonga asosan.

Habib Nurmagomedov Dog‘istonda, 1988-yilda tug‘ilgan. Uning otasi — erkin kurash va sambo bo‘yicha Ukraina chempioni, sport ustasi. Amakisi — jangovar sambo bo‘yicha jahon chempioni, tog‘asi — sambo bo‘yicha sport ustasi.

Xabib Nurmagomedov priletel v Andijan na svadbu druga - Sputnik O‘zbekiston
Habib Nurmagomedov nima uchun Andijonga kelgani ma’lum bo‘ldi

Habib 5 yoshidan otasi qo‘l ostida sambo bilan shug‘ullanishni boshlagan. 13 yoshida aralash yakkakurash bilan qiziqib, dzudo bilan shug‘ullana boshlagan.

Habib mashhur rossiyalik aralash yakkakurashchi Fodor Yemelyanenkodek bo‘lishni istaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra "Fodor jangda g‘alaba qozonsa ham, boy bersa ham — o‘zinini bir xil xotirjam tutadi. Ulkan yutuqlarga erishsa-da, hayotda o‘zini kamtarona tutadi, biror marta nojo‘ya ish qilganini eshitmaganman", — degan edi Habib Yemelyanenko haqida.

19 yoshida Habib, oilasiga yordam berish maqsadida, sportni tashlab qo‘riqchilik ishiga kirmoqchi bo‘lganda otasi ruxsat bermagan va yanada kuchliroq shug‘ullanishga majbur qilgan edi.

Trenirovka boysa Xabiba Nurmagomedova - Sputnik O‘zbekiston
MMA yulduzi Habib Nurmagomedov O‘zbekistonda seminar o‘tkazadi

2005-2008 yillarda Habib jangovar sambo bo‘yicha bir necha turnirlarda Rossiya va jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.

Habib Nurmagomedov musulmon bo‘lani tufayli hech qachon ichmagan va chekmagan. Sportchi o‘zining oilaviy hayotini omma nazaridan chetda saqlab turishga harakat qiladi.   

Habibning muvaffaqiyatlarini instagram orqali 3 milliondan ortiq kishi kuzatib boradi.

Habib Nurmagomedov 2012-yildan buyon UFC janglarida ishtirok etib keladi. Ayni damda u AQShda yashab, o‘sha yerdam mashg‘ulotlar o‘tkazib kelmoqda.

UFC talabiga binoan, Habib o‘ziga taxallus topishga majbur bo‘lgan edi, chunki UFC mutaxassislari aytishiga qaraganda Habibning ismi va familiyasi AQShliklar eslab qolishi uchun juda uzun bo‘lgan. O‘shanda Habib otasi bilan maslahatlashib o‘ziga "Burgut" (Eagle) taxallusini olgan edi.

Habib Nurmagomedov va El Yakvinta jangidagi eng qiziq lavhalarni quyida tomoshi qilishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0