TOShKENT, 13-may — Sputnik. Aralash jang san’ati bo‘yicha UFC yo‘nalishida yengil vaznda ishtirok etuvchi rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov 21-may kuni O‘zbekistonga keladi. Sportchi bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
"O‘zbekistonga otlanmoqdamiz. Seminar o‘tkazamiz, muxlislar bilan suhbatlashamiz va Toshkent, Buxoro, Samarqand shaharlariga boramiz", — deb yozadi u Instagramda.
Uzbekistan Todayning xabar berishicha, Nurmagomedov Toshkentga MMA jangchilari Zubayr Tuxugov, Islamom Maxachev, Abubakar Nurmagomedov va Islam Mamedovlar bilan keladi.
Sportchilar seminar-muloqot chog‘ida muxlislarni qiziqtirgan savollarga javob berishadi.
Bundan tashqari, jangchilar jiu-jitsu bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga faxriy mehmon sifatida tashrif buyurishadi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.