TOShKENT, 27 okt – Sputnik. Mutlaq kurash bo‘yicha Rossiya chempionati (UFC) g‘olibi Habib Nurmagomedov ikkinchi marta O‘zbekistonga uchib keldi, deb xabar bermoqda asr.uz.
Xabar qilinishicha, sportchi Andijon va Toshkent shaharlarida bo‘ldi.
Nurmagomedov 25-oktabr kuni Andijonga keldi va u yerda boshqa jangchilar bilan birga mashg‘ulot o‘tkazdi, shuningdek Andijon futbol maktabiga ham tashrif buyurdi.
Shu kuni kechqurun sportchi Andijonda do‘stining to‘yiga ham tashrif buyurdi. U Instagram sahifasida do‘stini samimiyat bilan tabriklab, yangi hayotida unga baxt tiladi.
Keyinchalik Nurmagomedov Instagramda to‘ydan "kuyovni qanday qilib o‘g‘irlab ketish" marosimi haqidagi kulgili videoni joylashtirgan.
26 oktabr kuni sportchi Toshkentda bo‘lib, poytaxtdagi fitness markazlaridan birida bo‘ldi va mashg‘ulot o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning bahorida Nurmagomedov Toshkentga tashrif buyurgan edi.