O‘zbekistonda 1-sentabrdan oliy ta’lim muassasalari xodimlari maoshi oshiriladi

© Sputnik / Oleg Lastochkin / Mediabankka o‘tishPrepodavatel universiteta chitayet leksiyu
Prepodavatel universiteta chitayet leksiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tabaqalashtirilgan bazaviy lavozim maoshlari oshirilishini nazarda tutgan holda egallab turgan lavozimidan, ilmiy unvon yoki darajasi borligidan kelib chiqib belgilanadi

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 2018-yil 1-sentabrdan boshlab 81 ta oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va 136 ta ilmiy-tadqiqot institutlari ilmiy xodimlari tarkibining barcha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari sezilarli oshiriladi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri davlat rahbari qaroriga tayangan holda.

Bazaviy lavozim maoshlari tabaqalashtirilgan holda oshirilib, birinchi o‘rinda ilmiy unvon yoki darajaga ega bo‘lgan xodimlarga tadbiq etiladi. O‘rtacha hisobda bazaviy lavozim maoshlari 25 foizga oshiriladi (stajerlarga 5% dan oliy ta’lim muassasalari professorlari va ilmiy-tadqiqot institutlarining bosh ilmiy xodimlariga 38% gacha).

Tabaqalashtirilgan bazaviy lavozim maoshlari oshirilishini nazarda tutgan holda egallab turgan lavozimidan, ilmiy unvon yoki darajasi borligidan kelib chiqib belgilanadi. Bunda stajer bilan professor o‘rtasida bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 100 foizga, yoki ikki baravariga oshirilishi ko‘zda tutiladi.

Vistuplenie Shavkata Mirziyoyeva vo vremya poslaniya Oliy Majlisu - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev yopiq eshiklar ortida saqlanayotgan noyob boyliklar haqida gapirdi
Taklif qilinayotgan chora-tadbirlar oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari tarkibi va ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy xodimlari o‘z bilimlari va kasbiy ko‘nikmalarini doimiy ravishda oshirib borishlari, ilmiy faoliyatlarini olib borishlari uchun rag‘batlantirish maqsadida ishlab chiqilgan.

2018 yilning 1-sentabridan boshlab bazaviy lavozim maoshlari oshirilishiga hammasi bo‘lib 73,8 mlrd. so‘m (38,4 — davlat budjeti mablag‘lari), ulardan 60,3 mlrd. so‘m — oliy ta’lim muassasalari uchun (24,9 — mlrd.so‘m davlat budjeti mablag‘lari), 11,3 mlrd. so‘m — ilmiy-tadqiqot institutlari uchun, shuningdek, 2,2 mlrd. so‘m oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlari uchun qo‘shimcha ajratilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga respublikaning oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlariga mehnat haqi to‘lashda qo‘shimcha oylik harajatlari miqdori 18,4 mlrd. so‘m bo‘lib, jumladan, 9,6 mlrd. so‘mi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Qaror bilan alohida belgilanganki, oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarida ta’lim olayotgan 1923 nafar tadqiqotchilarga ilmiy unvoni yoki darajasi bo‘lmagan kichik ilmiy xodimning bazaviy lavozim maoshi miqdorlariga tenglashtirilib, 1,76 mln. so‘m, (bazaviy doktorantura, 1669 nafar) hamda fan nomzodi ilmiy darajasi yoki unvoni bo‘lgan yetakchi ilmiy xodimning bazaviy lavozim maoshi miqdorlariga teng bo‘lgan — 2,2 mln. so‘m (doktorantura, 254 nafar) miqdorida oshirilgan stipendiya (17 foiz-18 foizga oshiriladi) to‘lanadi.

Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston fuqarolarga oliy ma’lumot olish imkoniyatini kengaytirdi

Mazkur qaror bilan fan doktori ilmiy darajasi bo‘lgan professorlar mehnat haqi miqdori 38-44% ga oshiriladi va amaldagi 2,5 mln. so‘m o‘rniga 3,46 mln.so‘m bo‘ladi va shu bilan stajer-o‘qituvchining mehnat haqi miqdori bilan 100 foizli tafovutni hosil qiladi (stajer maoshi — 1,73 mln so‘m).

Ilmiy-tadqiqot muassasalarida fan doktori darajasi yoki professor unvoniga ega bosh ilmiy xodimning mehnat haqi amaldagi 2,25 mln. so‘m o‘rniga 38 foizga oshirilib, 3,11 mln. so‘mga yetadi, stajer-tadqiqotchi mehnat haqi miqdoridan 100 foizga yoki ikki baravarga oshiriladi (stajer maoshi — 1,55 mln so‘m.).

Qabul qilingan qaror respublikaning oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash yo‘li orqali ta’lim sifatini va ilmiy faoliyatni oshirish masalalarini hal etish, oliy ta’lim muassasalari va akademik ilm-fanini yanada rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iste’dodli yosh olimlar va talabalarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga jalb qilishga yordam beradi, deyiladi hujjatda.

Yangiliklar lentasi
0