O‘zbekistonda soliq tizimining mutlaq yangi konsepsiyasi e’lon qilindi

CC BY-SA 2.0 / Ken Teegardin / Kalkulyator
Kalkulyator - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bekor qilinadi, qo‘shilgan qiymat solig‘i 20%dan 12%ga tushiriladi, jismoniy shaxslar esa - daromad va barcha ijtimoiy soliqlarni 25%li yagona soliq sifatida to‘laydi.

TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Bugun Normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portalida O‘zbekiston soliq tizimini isloh qilishning yangi konsepsiyasi jamoatchilik muhokamasiga chiqarildi. Unga ko‘ra amal qilayotgan soliq tizimi mutlaq o‘zgartirilishi kerak.   

I. Soliq tizimini isloh qilishda ustuvor yo‘nalishlar:

Soliq qonunchiligini imkon qadar soddalashtirish, normativ hujjatlardagi kolliziya va qarama-qarshiliklarni yo‘qotish, soliq to‘lovchilar manfaatini himoya qilish.

Nalogi. Rascheti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 1-iyulga qadar butunlay yangi Soliq kodeksi ishlab chiqiladi

Soliq tizimidagi har qanday o‘zgarishlar keyingi moliyaviy yildan kuchga kirish tartibini joriy etish.

Tadbirkorlarga soliq bosimini kamaytirish, katta va kichik korxonalari orasida soliq miqdoridagi tafovutlarni bartaraf etish.  

Teng raqobat muhiti yaratish maqsadida, shaxsiy soliq va bojxona imtiyozlari berish qat’iyan ta’qiqlanadi.  

Soliqlar umumiy soni kamaytiriladi, bir xil bazadan olinadigan soliqlar umumlashtiriladi. Soliq hisobotlari soddalashtiriladi.

II. Soliq tizimi isloh qilinadigan asosiy yo‘nalishlar

1. Yuridik shaxslar daromad solig‘i bekor qilinadi. Tijorat banklari va sug‘urta kompaniyalaridan bundan mustasno.

2. Qo‘shilgan qiymat solig‘i 20% dan 12%ga tushiriladi, lekin shu bilan birga aylanma mablag‘ miqdori 1 milliarddan ko‘p bo‘lgan, barcha toifadagi soliqchilar uni to‘lashga majbur bo‘ladi. QQS bo‘yicha berilgan imtiyozlar qayta ko‘rib chiqilib, ularning samarasizlari bekor qilinadi.

Chinovnik vixodit iz kabineta - Sputnik O‘zbekiston
Moliya va soliq organlari rahbarlariga javobgarlik choralari ko‘rish mexanizmi kuchga kirdi

3. Yuridik shaxslar daromadidan davlat maqsadli fondlariga olinadigan to‘lovlarning barchasi bekor qilinadi.

4. Jismoniy shaxslar daromad solig‘i, yagoni ijtimoiy soliq, nafaqa fondiga sug‘urta to‘lovlari – yagona 25%li soliq aylantiriladi.

5. Soddalashtirilgan tartibad soliqqa tortish tizimi bekor qilinadi. Yer solig‘i va yagona soliq to‘lanadigan faoliyat turlari qayta ko‘rib chiqiladi.

6. Yangi soliq tizimida kichik biznes korxonalari hisoblanadigan yuridik shaxslar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • yillik oboroti 1 mlrd so‘mdan kam;
  • qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lamaydigan;
  • 5%li daromad solig‘i to‘laydigan;

7. Tadbirkorlik subyektining yillik daromad miqdori 1 milliard so‘mdan oshgan taqdirda xususiy tadbirkorlar yuridik shakli o‘zgarmagan holda umumiy soliq tizimiga o‘tkaziladi.

Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
2018 yilda soliq bosimi biroz kamaytirilishi mumkin

8. Yuridik shaxslar mol-mulkiga bo‘lgan soliq bosimi bosqichma-bosqich kamaytiriladi. Xususan,  2019 yilda – 2,5 %gacha, 2021-yilga qadar – 1 %gacha.

9. Soddalashtirilgan soliq tizimini bekor qilish evaziga yer va mulk soliqlari to‘lovchilari sonini kengaytirish. Besh yil ichida ko‘chmas mulk solig‘i joriy etish.    

10. Suv va yer boyliklaridan foydalanuvchilar uchun soliq tizimini takomillashtirish.

11. Aksiz soliqlarini umumlashtirish evaziga ularning turlarini qisqartirish.

12. Intellektual mulk solig‘i olish uslublarini ishlab chiqish.

13. Rezident bo‘lmagan yuridik shaxslardan soliq olish tizimini takomillashtirish.

III. Soliq ma’muriyati sohasidagi islohotlar

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali, soliq organlari va soliq to‘lovchilarining shaxsiy aloqasini imkon qadar cheklash.

Soliq tzimiga onlayn ma’lumot beruvchi kassa-nazorat apparatlari o‘rnatish

Tadbirkorlikning ayrim samarasiz shakllarini, jumladan oilaviy va xususiy korxonalar  bekor qilish.  

O‘xshash bazalardan olinayotgan soliqlarni qayta ko‘rib chiqish va ularni qisqartirish.

Moneti i denejnie znaki, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda soliq turlari sonini kamaytirish mo‘ljallanmoqda

Ortiqcha olingan soliqlarni qaytarish tizimini ishlab chiqish.

Soliq sohasida yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklar uchun jarima choralarni qayta ko‘rib chiqish

Soliq imtiyozlarini faqat ma’lum maqsadlar uchun berish hamda samarasiz sarflangan imtiyozlarni budjetga qaytarish mexanizmlarini ishlab chiqish.

Soliq tizimidagi audit mexanizmini tubdan takomillashtirish. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini o‘rnatish.

Soliq to‘lovchilarning soliq qonunchiligidan xabardorlik darajasini oshirish. Turli vebinar va onlayn-chatlar tashkil qilish.

IV. Soliq islohotlaridan kutilayotgan natijalar

Yuqoridagi silohotlar natijasida paydo bo‘ladigan yangi soliq tizimi, quyidagilarni ta’minlashi kerak:  

Iqtisodning tezkor rivojlanishini;  

Tadbirkorlik subyektlariga bir xil soliq bosimi qo‘yilishi;  

Sog‘lom raqobatbardosh tadbirkorlik muhiti yaratish, shaxsiy imtiyozlar berish amaliyotiga chek qo‘yish;

Iqtisodni yanada erkinlashtirish, tadbirkorlar va investorlar huquqlarini himoya qilish;  

Loyihaning to‘liq matni bilan Nomativ-huquqiy hujjatlar muhokama qilish portalida tanishish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0