TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Oliy Majlis Senati Kengashi o‘n to‘rtinchi yalpi majlisni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot-xizmati.
"Davlat mukofotlari to‘g‘risida" (yangi tahriri);
"Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida";
"Davlat xaridlari to‘g‘risida";
"O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida";
"O‘rmon to‘g‘risida" (yangi tahriri);
"O‘zbekiston Respublikasi uy-joy-kommunal xizmati sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida";
"O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida", ular orasida Soliq kodeksiga tuzatishlar ham bor.
Bundan tashqari, senatorlar xalqaro huquqiy hujjatlarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi bir qancha qonunlarni ko‘rib chiqadilar.
Shuningdek, Inson huquqlari bo‘yicha vakilning (ombudsman) 2017-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni, adliya vazirining 2017-yilda huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati haqidagi axborotini eshitadilar hamda to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadilar.