Parlament, senator yoki deputat so‘roviga javob bermagan mansabdorlar jarima to‘laydi

© Sputnik / Mixail PalinchakPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu borada O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga tegishli qo‘shimcha kiritildi

TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. Parlament, senator yoki deputat so‘rovini ko‘rib chiqishda qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar eng kam ish haqining 3 dan 7 baravarigacha jarima bilan jazolanadi.

Rabota za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston
Muammo bormi – Facebook orqali deputatga murojaat qiling

Bu borada O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga tegishli qo‘shimcha kiritildi, deb yozadi RIA Novosti.

O‘zgartishga muvofiq, mansabdor shaxslarning parlament so‘rovini, senator yoki deputat so‘rovini ko‘rib chiqishdagi quyidagi g‘ayriqonuniy harakatlariga nisbatan jarima solinadi:

so‘rovni ko‘rib chiqmasdan qoldirish; so‘rovni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish; so‘rov yuzasidan bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlarni qasddan taqdim etish.

So‘rovlarni ko‘rib chiqish muddati — agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, 10 kun.

Yangiliklar lentasi
0