Qoraqalpog‘iston fermerlariga o‘zgargan iqlimga moslashishga yordam beriladi

© REUTERS / Shamil ZhumatovA man near the Aral Sea
A man near the Aral Sea - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu muhim va murakkab vazifani bajarishda fermerlarga BMT, FVV va mahalliy hukumat yordam beradi.

TOShKENT, 19 mar – Sputnik. Qoraqalpog‘istonda hokimiyat, QFY, fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirokida iqlim o‘zgarishiga moslashishiga bag‘ishlangan seminarlar bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda BMT TD matbuot xizmati.

Sborshiki xlopka - Sputnik O‘zbekiston
Qoraqalpog‘iston paxta rejasini ortig‘i bilan bajardi

BMT Taraqqiyot dasturi O‘zGidrometeorologiya xizmati bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘istonda iqlim o‘zgarishining salbiy asoratlarini kamaytirish va oldini olishga mo‘ljallangan “O‘zbekistonning qurg‘oqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash” loyihasini amalga oshirmoqda.  

2018 yilning 12-16 mart kunlari mazkur loyiha doirasida Qoraqalpog‘istonning Qanliko‘l, Mo‘ynoq, Taxtako‘pir, Chimboy va Kegeyli tumanlarida “Landshaft darajasida moslashuv chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha mahalliy hokimiyat organlari va mahalliy hamjamiyatlarni o‘zaro hamkorligini tashkil etish” mavzusida seminarlar o‘tkazildi.

Seminar ishida qishloq fuqarolar yig‘inlari, tuman hokimiyatlari, tashkilot va korxonalar vakillari, fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari, jurnalistlar ishtirok etdi.

So‘nggi yillarda iqlim o‘zgarishi Qoraqalpog‘istonning yaylovlarida sezilarli o‘zgarishlarning sababi bo‘ldi, bu esa chorva tomonidan iste’mol qilinishiga yaramaydigan o‘simliklar sonini ko‘payishiga, o‘simliklar unumini pasayishiga, o‘tloqlar holatini yomonlashuviga va degradatsiyasiga olib keldi.

Rossiya, Kaliningrad, TES-2. - Sputnik O‘zbekiston
Parijda iqlim bo‘yicha yangi shartnoma tuzildi
Mana shunday jarayonlarni ko‘lami va shiddati mahalliy hamjamiyatlarni o‘z vaqtida munosabat bildirishi va yaylovlar degradatsiyasini daf qilish, ularning unumdorligini tiklash uchun jalb qilish zaruratini taqozo etmoqda.

Iqlim o‘zgarishiga moslashuv — bu tabiiy resurslar va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini boshqarish tizimiga yanada uyushqoq va diversifikatsiyalashgan yondashuvlarni talab qiluvchi jarayondir.

Unda fermerlarni moslashuv faoliyatiga jalb qilish, suvni va resurslarni tejash, ta’minlovchi iqlimga bardosh texnologiyalarni ishlatish bo‘yicha bilimlarni takomillashtirish muhim rol o‘ynaydi.

Yangiliklar lentasi
0