TOShKENT, 21 okt – Sputnik. Xorazm viloyatidan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi ham 2017-yilgi paxta topshirish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini ado etdi. Bu haqda kruz.uz xabar bermoqda.
Shartnomaga muvofiq, qoraqalpog‘istonlik paxtakorlar davlatga 186 ming 200 tonna paxta topshirishlari kerak edi. 20-oktabr holatiga ko‘ra 186 ming 477 tonna paxta topshirilib, reja 100,15 foizga bajarildi.
Ayni paytda Navoiy viloyati paxta topshirish rejasini yaqin kunlarda bajarishga yaqin turibdi.