Parijda iqlim bo‘yicha yangi shartnoma tuzildi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishRossiya, Kaliningrad, TES-2.
Rossiya, Kaliningrad, TES-2. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BMT Iqlim o‘zgarishi konvensiyasi doirasida, Kioto protokolidan keyin ikkinchi shartnoma tuzildi. Ushbu shartnoma 2020-yilga qadar iqlim o‘zgarishini oldini olish bo‘yicha asosiy tamoyillarni va global harakatlar yo‘nalishini belgilaydi.

 

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Ikki haftalik muzokaralardan keyin 195 mamlakat vakillari, barcha uchun bajarilishi shart bo‘lgan, BMTning iqlim bo‘yicha yangi shartnomasini qabul qilishdi. Ushbu shartnoma 2020-yilga qadar parnik gazlari emissiyasi hajmi va iqlim o‘zgarishi oldini  olish choralarini belgilaydi.

“Bu iqlim o‘zgarishiga moslashish va parnik gazlari chiqarishni kamaytirish  bo‘yicha global harakatning yangi bosqichi. Shartnoma ekologlar va eng katta zarar ko‘rgan mamlakatlar talablariga javob bermaydi, lekin yo‘qdan ko‘ra bor, deganlaridek…  Ushbu shartnomaga ko‘ra, parnik gazlari chiqarishni keskin kamaytirishni 10-15yilga to‘xtatib turiladi, bundan katta zarar ko‘rayotgan zaif mamlakatlarga esa — katta miqdorda moliyaviy yordam berish ko‘zda tutilgan”, — deydi iqlim muzokaralarining ko‘p yillik kuzatuvchisi va “Iqlim va energetika”  dasturi rahbari Aleksey Kokorin.

BMT Iqlim o‘zgarishi konvensiyasi doirasida, Kioto protokolidan keyin tuzilgan ikkinchi shartnoma, 2020-yilga qadar iqlim o‘zgarishini oldini olish bo‘yicha asosiy tamoyillarni va global harakatlar yo‘nalishini belgilaydi. Bir necha yil davomida, sharnomani bajarish qoidalarini ishlab chiqish kerak, ko‘p narsa aynan shunga bog‘lik.

Parijdagi uchrashuvdan birinchi natija allaqachon bor. Dunyoning ko‘plab mamlakatlari, o‘z tarixida birinchi marta 2025-2030 yillarda parnik gazlari chiqarishni cheklash haqida milliy maqsad sifatida qabul qildi.

Oldinroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z nutqida 2030-yilga kelib Rossiya parnik gazlari chiqarishni 1990-yilga nisbatan 70 % ga qisqartirishga umid qilayotganini xabar bergandi.

Undan tashqari Rossi iqlim o‘zgarishiga moslashish rejasini tuzishi va 2022-yildan boshlab uni amalga kiritishi lozim.

“Ko‘payib borayotgan o‘rmon yong‘inlari va ularni oldini olish– bu ham moslashish choralaridir. Bundan tashqari barcha mamlakatlar uglerod “ombori” bo‘lgan shimoliy o‘rmonlar va yerlarni saqlab qolishga qaror qilishdi”, — dedi Kokorin.

Rossiya, shu qatorda, mamlakatning uzoq muddatli kam uglerodli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishi va qabul qilishi kerak.

Qabul qilingan qarorga ko‘ra, 2020-yilda rivojlanayotgan mamlakatlarni davlat va xususiy kompaniyalar tomonidan moliyalashtirilishi bir yilga 100 mlrd. dollarga yetishi kerak.

“Barcha rivojlangan mamlakatlar, shu jumladan Rossiya ham, yordam ko‘rastishi kerak. Lekin bizning o‘zimiz ushbu yordamni kimga berish va qanday dasturlarga berishni belgilaymiz. Iqlim va parnik gazlarini cheklash shunday keng tushunchaki, har qanday loyihani iqlimiy desa bo‘ladi: sog‘liqni saqlash, energetika va yangi texnologiyalar sohasida, ham”, — dedi Kokorin.

Parijda eng rivojlangan mamlakatlar tabiy ofatlar yuz berganda aholi hayoti va mol-mulkini sug‘urta qilish maqsadida 300 million dollar ajratiladi. Birinchi navbatda ushbu mablag‘ Osiyo-Tinch okeani hududiga yo‘naltirilishi kutilmoqda. Ko‘p milliardli moliya oqimi allaqachon kam rivojlangan va iqlimiy zaif mamlakatlarning Yashil iqlim fondiga va boshqa moliya tashkilotlariga yo‘naltirildi.

Parijdagi iqlim anjumanida O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashdi.

Kelajakda iqlim o‘zgarishi natijasida, o‘z yashash joylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan migrantlarga ham yordam beriladi.  

Mamlakatlar 2025-yilga qadar iqlimiy moliyalash hajmi, davlat va xususiy mablag‘lar ulushi hamda parnik gazlar hajmini moslashtirish ulushlari haqida ham aniq bir qarorga kelinmadi. Bular ushbu iqlim shartnomasining kamchiliklaridir.

Qaysi mamlakatlar moliyaviy donor bo‘lishi haqidagi tortishuvlar juda uzoq davom etdi. Xitoy, Saudiya Arabistoni, Singapur va boshqa kuchli mamlakatlar majburiy emas ixtiyoriy ravishda iqlim fondiga mablag‘ ajratadigan bo‘lishdi.

 

Yangiliklar lentasi
0