Ukrainada politsiya Rossiya fuqarolarini saylov uchastkalariga kiritmayapti

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishSotrudniki MVD Ukraini blokiruyut zdanie posolstva RF v Kiyeve
Sotrudniki MVD Ukraini blokiruyut zdanie posolstva RF v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukrainaning turli shaharlarida joylashgan Rossiya diplomatik vakolatxonalari politsiya xodimlari tomonidan o‘rab olingan va u yerga saylovchilar kiritilmayapti.

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Ukraina politsiyasi Rossiya fuqarolarining saylov uchastkalariga kirishiga to‘sqinlik qilmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Prezident Ukraini P. Poroshenko - Sputnik O‘zbekiston
Poroshenko Ukraina Konstitutsiyasida Qrim maqomini o‘zgartirishni buyurdi

Kiyevda politsiya Rossiya elchixonasiga kirish joyini temir panjara bilan o‘rab olgan, uning atrofida esa milliy gvardiya jangchilari navbatchilik qilmoqda. Elchixonaga faqat u yerda ishlaydigan diplomatlar kiritilmoqda. Ovoz berish uchun kelgan fuqarolar esa kiritilmayapti. Temir panjara oldiga 100ga yaqin millatchi harakatlar tarafdorlari jamlanishgan. Ular o‘z bayroqlarini ko‘tarib olishgan va baland ovozda qo‘shiqlar kuylamoqda.

Lvovdagi Rossiya konsulxonasi atrofi ham temir panjara bilan o‘rab olingan. Milliy gvardiya jangchilari navbatchilik qilmoqda. Ular konsulxona binosiga faqat u yerda ishlayotgan diplomatlarni kiritmoqda. Bir necha o‘nlab millatchi harakatlar vakillari konsulxona atrofida chodir tikib olishib yashamoqda. Hozircha vaziyat tinch.

Odessada ham politsiya Rossiya konsulxonasi oldidagi hududdan barchani quvib chiqargan. Ular aytishiga qaraganda “102 raqamiga ushbu ko‘cha minalashtirilgani haqida xabar olingan”. Ushbu munosabat bilan barcha jurnalistlar va konsulxonaga kelgan kishilar u yerdan quvib chiqarilgan.

Xarkovdagi konsulxonada ham saylov uchastkasi ochilgan, hozircha u yerda faqat konsulxona xodimlari va diplomatlar ovoz berishgan. Umumiy vaziyat tinch.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s generalnim direktorom RFPI K. Dmitriyevim - Sputnik O‘zbekiston
Putin: Ukraina voqealari vaqtida AQSh Rossiyani surbetlarcha aldagan

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Ukraina millatchi harakatlari vakillari Rossiya diplomatik vakolatxonalari hududida tashkil qilingan saylov uchastkasiga kelgan har bir rossiya fuqarosi uchun “sharmandalik yo‘lagi” tashkil qilishni va’da bergan edi.

Juma kuni esa Ukraina IIV Rossiya fuqarolarini saylov uchastkalariga kiritmasligini xabar qildi. Ular o‘zlarining ushbu qarorini Rossiya (Ukraina o‘ziniki deb hisoblaydigan) Qrim hududida ham prezident saylovi o‘tkazayotgani bilan izohlashmoqda.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Ukrainaning ushbu hatti-harakatlarini 1950-yilda imzolangan Inson huquqlari va asosiy erkinliklari konvensiyasiga zid ekanligin ta’kilamoqda. Inson huquqlari ombudsmeni Moskalkova ushbu vaziyat yuzasidan BMT Oliy komissari va Yevropa Kengashiga murojaat qilishini xabar qildi.

Yangiliklar lentasi
0